«Olmaliq KMK» AJ Metallurgiya xomaşyosi bilan ta'minlaş va sotiş boşqarmasi boşliği Aziz Zokirov kombinatning asosiy eksport mahsuloti mis katodi va uning hajmi, jahon bozoriga eksporti haqida ma'lumotlarni oçiqladi. Uning sözlariga köra, kombinat yiliga 148 ming tonna mis işlab çiqarmoqda, bu MDH davlatlari orasida 3-örinni qayd etadi. Şuningdek, «Yoşlik» koni işga tuşişi bilan yuqoridagi raqamni yaqin yillarda 250 ming tonnaga yetkaziş reja qilingan.

«Hozirgi paytda «Olmaliq KMK» AJda 18 turdagi yuqori likvidli mahsulot işlab çiqarilmoqda va dunyoning 20dan ortiq mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Kombinatning asosiy mahsuloti mis hisoblanadi. Mis katodlari işlab çiqariş hajmi yillik 148 ming tonnani taşkil qiladi, bu bilan korxona MDH doirasida qat'iy 3-örinni egallab kelmoqda. Bu körsatkiç böyiça Rossiya 973 ming tonna, Qozoğiston esa 500 ming tonna mis işlab çiqaradi.

Statistikaga qaralsa, 2005 yilga qadar mis narxi 1500-3000 dollargaça bölib keldi. 2005 yil 3-çoragidan boşlab esa jahon iqtisodiyoti, asosan Xitoyning ösişi bilan boğliq kotirovkalar jadal ösişini kuzatiş mumkin.

Kombinat mahsulotlari eksportining asosiy qismi Turkiya hissasiga töğri keladi, ya'ni 2020 yilda 501,3 mln dollarni taşkil qilgan. Şuningdek, eksport Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirğiziston, Ukraina, Polşa, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afğoniston kabi davlatlarni qamrab olgan.

Joriy yil 1-çoragida 230,9 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oşirildi, bu rejadagidan 62,5 foizga bajarilgan degani. Jumladan, mis – 22 497 tonna (179,8 mln dollar), rux – 13 981 tonna (37,1 mln. dollar), qörğoşin – 5,4 mln dollarlik va boşqa mahsulotlar – 8,6 mln dollarga eksport qilingan.

Bundan taşqari, kombinat tomonidan nodir va qimmatbaho metallar ham eksport qilinmoqda. Jumladan, molibden, reniy, rux kuporosi, kadmiy, volfram, palladiy kukuni importyorlarga yetkazib berilmoqda.

Qulay kon'yunktura tufayli eksport böyiça körsatkiçlar birinçi çorakda