SSV: Buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti ilk marta viloyat tibbiyot muassasasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari namanganlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Viloyatda shu haftaning o‘zida 4ta ana shunday murakkab operatsiyalar o‘tkazilishi belgilangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bunga qadar buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi O‘zbekistonda faqatgina Toshkent shahrida Respublika shoishilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilar edi.
SSV matbuot xizmati xabar berishicha, Namangan viloyatidagi dastlabki operatsiya qariyb uch soat davom etgan. Chortoq tumanining Chorsu mahallasida yashovchi 21 yoshli Dilnoza Ahmadjonovaga onasi Yoqutxon Mutaliyeva bir buyragini bergan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi va bemorlar tibbiy standartlar asosida nazoratga olingan.
«Buyragim xastaligi uchun yetti oylik farzandimdan ayrildim. Yashashga bo‘lgan umidim tobora so‘nib borayotgandi. Yaxshiyam yurtimizda shunday malakali va o‘z ishiga mohir shifokorlarimiz bor ekan, yaxshiyam mehribon onajonim bor ekan, bugun dardimga davo topishdan umidvorman», deydi D.Ahmadjonova operatsiyadan oldingi qisqa suhbatda.
Operatsiya stoliga yotqiziladigan yana bir bemor poplik 30 yoshli temiryo‘l ishchisi Muhriddin Mahkamovdir. Qo‘qondagi temiryo‘lchilar poliklinikasiga murojaat qilganida unda buyrak shamollashi aniqlangan, ahvoli og‘irlashib borib, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nefrologiya bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
«Bunday og‘ir holatga qachongacha chidash mumkinligini o‘ylab, tushkunlikka tushib qolgandim. Shunday kunlarning birida poytaxtlik jarrohlardan buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi haqidagi xushxabarni eshitdim. Akam Murodjon Mahkamov bir buyragini berishga rozi bo‘lganida jigarimning mehridan ko‘zim yoshlandi», deydi M. Mahkamov.
Keyingi bemor Javohir Ergashev ham jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangiqo‘rg‘onning G‘ovazon qishlog‘ida yashovchi 24 yoshli bemor bir yarim yildan beri gemodializ apparatiga «bog‘lanib» yashayotgan edi.
«Haftasiga 3 marta qonimni tozalatishga majbur edim. Ikki kunda takrorlanadigan bunday muolaja odamni ezib yuboradi. Yaxshiyam davlat tomonidan bepul, beminnat xizmat ko‘rsatiladi. Nihoyat, qurigan buyragim o‘rniga sog‘lomini ko‘chirish mavridi kelib qoldi. Kim bunday in'omni menga loyiq ko‘rganini aytsam, naqadar baxtli insonligimni anglab yetsangiz kerak», deydi J. Ergashev.
Unga umr yo‘ldoshi Naima Qayumova bir buyragini berishga qaror qilgan. Jarrohlik amaliyotidan keyin yosh oila ikki yoshli farzandi Xushnudbek bilan shirin turmushini davom ettirishni niyat qilishgan.
«2017 yil 23 oktyabrda qabul qilingan «Buyrak va jigar to‘qimalarini transplantatsiya qilish haqida»gi vaqtinchalik nizomga muvofiq tibbiy amaliyotning muvaffaqiyatli ijrosi hozirgacha faqat poytaxt Toshkentda izchil ta'minlab kelinayotgan edi. Endi esa Namanganda ham bu jarayon dadil boshlab yuborildi. Bir yo‘la uchta buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkzildi.
Bundan to‘rt-besh yil muqaddam buyrak transplantatsiyasini mamlakatimizda o‘tkazish uchun sharoitlar yo‘q edi. Buyrak yetishmovchiligidan ozor chekayotgan bemorlar katta mablag‘lar evaziga xorijda davolanib kelishga majbur edilar. Bugun Namanganda olamshumul tibbiy amaliyot hech shov-shuvlarsiz g‘oyat muvaffaqiyatli bajarilyapti», deyiladi SSV xabarida.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Jamiyat | 22:20
-
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
Jamiyat | 22:03
-
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi
Jahon | 21:55
-
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi

22:48 / 04.11.2022
O‘zbek xirurgiyasi tarixida ilk bor bir paytning o‘zida yurak va buyrakda noyob operatsiya o‘tkazildi

19:50 / 18.09.2021