Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati mart oyining oxirida Toşkent şahridagi Amir Temur xiyobonida bölib ötgan tartibsizliklardan keyingi tergov jarayoni töğrisida xabar berdi.
«Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Amir Temur xiyobonida röy bergan hodisalar va fuqaro Bazarov Mirazizga yetkazilgan tan jarohatlari bilan boğliq jinoyat işlari doirasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xatti-harakatlari haqida notöğri ma'lumotlar tarqalmoqda. Şu munosabat bilan quyidagilarni ma'lum qilişni lozim topdik.
Muqaddam xabar berilganidek, joriy yilning 28 mart kuni taxminan soat 15.00da Yunusobod tumanidagi Amir Temur xiyobonida uç-tört fuqaro yoş yigit va qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularga tan jarohatlari yetkazgan. Ularga yana 20-25 kişi qöşilib, bezorilik harakatlarini davom ettirişgan. Dastlab janjalni boşlagan 12 nafar fuqaro uşlangan. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi («Bezorilik, bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilişi») alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi xabarda.
Amir Temur xiyoboni yaqinida ösmirlarga hujum qilganlikda ayblangan tört kişi uy qamoğiga olingan.
«Tergov davomida hodisada bevosita iştirok etgan şaxslar aniqlanib (31 nafar), ularning har birining harakatiga huquqiy baho berilgan. Ulardan tört nafari jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan. Bular: Toşkent viloyatida 1989 yilda tuğilgan Qurbonov Farhodjon va 1991 yilda tuğilgan Yöldoşev Muzaffar, şuningdek, poytaxtda istiqomat qiluvçi 1993 yilda tuğilgan Fazlitdinov Bahodir hamda 2002 yilda tuğilgan Anvarov Rixsitilla. Ayblanuvçilarga nisbatan uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan. Dastlabki tergov tugagandan söng, jinoyat işi qonuniy qaror qabul qilinişi uçun sudga taqdim etiladi.
Mojaroda iştirok etgan qolgan 27 nafar şaxsning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik»), 194-moddasi («Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik»), 195-moddasi («Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş») va 201-moddasida («Yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş») nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud.
Şuningdek, Toşkent şahar IIBB axborot resurslarida 1991 yilda tuğilgan Bazarov Mirazizga tan jarohati yetkazilganligi holati böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi («Bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh a'zosi tomonidan yoxud şu guruh manfaatlarini közlab qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş») alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi. Tergov tomonidan sud-tibbiy ekspertiza xulosasi olingaç, jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» bandiga («Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilişi») qayta malakalandi. Jinoyat işi doirasida tuzilgan tergov-tezkor guruh tomonidan 100dan ortiq fuqarolar söroq qilindi, jinoyatçilar harakatlangan bölişi mumkin deb gumonlangan 41 172ta avtotransport vositalari örganilmoqda. Mazkur jinoyatga aloqador fuqarolarning şaxslari aniqlanmoqda», deyilgan xabarda.
















