Özbekistonda sönggi kunlarda bloger Miraziz Bazarov katta şov-şuv kötardi. Xalqaro taşkilotlar tanganing ikkinçi tomoniga ham - uning huquqlari buzilişidan oldin u butun mamlakat aholisining his-tuyğulariga daxl qilgani va özbek ayollarini haqorat qilganiga e'tibor qaratişadimi? Uning ijtimoiy tarmoqdagi çiqişlari aholi guruhlari örtasida nizo qözğatişga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakat sifatida baholanib, unga qonuniy jazo çorasi köriladimi?
28 mart kuni Toşkentdagi Amir Temur xiyoboni oldida röy bergan janjaldan keyin, keçqurun bloger Miraziz Bazarov öz uyi oldida noma'lum şaxslar tomonidan döpposlandi. Ayni vaqtda u tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bu voqeadan keyin xalqaro taşkilotlar vaziyatdan töliq xabardor bölmagan holda blogerga jabrdiyda sifatida qarab, u göyoki söz erkinligi huquqidan foydalangani uçun ta'qibga uçragani haqida bayonotlar berişmoqda.
Ammo aslida u faqatgina LGBT ğoyalari tarafdori bölgani uçungina hujumga uçradimi? Yoki u öziga hujum qilinişiga erişdimi? Oldindan aytiş mumkinki, u «troll»ça çiqişlari, alohida şaxslarni va butun jamiyatni kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilişlari oqibatini bila turib harakat qilgan, olov bilan öynaşgan.
Quyida uning ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati bilan boğliq voqealar xronologiyasi keltiriladi.
Miraziz Bazarov internetda 2020 yildan buyon LGBT ğoyalarini faol tarğib qilib kelgan. Ötgan vaqt mobaynida hukumat ham, özbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ham unga jiddiy e'tibor qaratişmagan. U faqat sönggi provokatsion çiqişlaridan söng tanildi va köpçilikning nafratiga «sazovor» böldi.
Miraziz Bazarov 2021 yil 5 martida ILGA-Europe taşkilotining Özbekistonda gomoseksualizmni dekriminalizatsiya qiliş borasidagi materialini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Şu bilan birgalikda, instagramda ijtimoiy va diniy mavzularda yozuvçi taniqli blogerlarni teg qilgan, bundan taşqari, bu blogerlar ham uning LGBT töğrisidagi ğoyalarini qöllab-quvvatlaşini aytib, yolğon post joylaştirgan. Natijada, tomonlar örtasida ziddiyali holat yuzaga kelgan.
U 11 mart kuni TikTok’dagi sahifasida LGBT huquqlarini himoya qiluvçilarni har juma kuni Toşkentdagi Xastimom maydonida yiğilişga çorlagan edi.
















