2022 yil 21 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida sudlanuvçi Miraziz Bazarov (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan)ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Oliy sud xabariga köra, Jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi raisi S. Sodiqov raisligida körib çiqildi.

Hukmga köra, Bazarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandida (ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda qilingan tuhmat) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uçun, bu – uşbu moddaning sanksiyasida közda tutilgan eng oğir jazo. Jazoni ötaş muddati Bazarov uy qamoğiga olingan kun – 2021 yil 29 apreldan boşlanadi.

Gazeta.uz'ning yozişiça, mazkur jinoyat işida blogerlar Abror Abduazimov (Abror Muxtor Ali), Şuhrat Musayev, Jahongir Salimov va Dmitriy Rasulov jabrlanuvçi hisoblanadi.

Toşkent şahar IIBB axborotiga köra, 2021 yilning 1 aprelidan 20 apreligaça IIBBga fuqarolardan 28ta ariza kelib tuşgan bölib, bu arizalarda Miraziz Bazarovga qonuniy çora köriş söralgan. Arizaçilarga köra, Bazarov internetga joylagan videolarida ularni va ularning qarindoşlarini haqorat qilgan, ularni terroristik taşkilotlar bilan hamkorlikda ayblab tuhmat qilgan, milliy an’analarni oyoq osti qilib, ayollarning şa’niga putur yetkazgan va millatlararo nizo uyğotgan.