Kun.uz muxbiri xabariga köra, qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston Respublikasi hududida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan şaxslarini Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan oliş;
- 15 yil davomida Özbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi bölmagan şaxs maqomida muqim yaşab kelayotgan şaxslarni Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan oliş;
- ota-onasidan biri Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan bolalarni Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan oliş;
- Özbekiston Respublikasi hududida tuğilgan fuqaroligi bölmagan şaxslarga fuqaroligi bölmagan şaxs guvohnomasi asosida beş yil yaşamasdan Özbekiston Respublikasi fuqaroligini oliş uçun iltimosnoma bilan murojaat qiliş huquqini beriş.
Ma'lumot uçun, 2021 yil fevral oyi holatiga, respublika böyiça yaşab kelayotgan 62 357 nafar fuqaroligi yöq şaxslardan 21 284 nafari, ya'ni 34 foizi 2005 yilga qadar Özbekistonga kirib kelgan.
Fuqaroligi bölmagan şaxs maqomida kamida 15 yil davomida yaşab kelayotganlar soni 1 034 nafarni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev bu haqda 2020 yil dekabridagi murojaatnomasida aytgan, yangilik 2021 yilgi davlat dasturiga kiritilgandi. Dasturda loyihani amalga oşiriş muddati 1 may deb körsatilgandi.

















