Tadbirda Xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonovga «Kundalik.com» portali faoliyati, u orqali yiğiladigan mablağlarning sarflanişi va ma'lumotlar xavfsizligi masalasida savol bilan murojaat qilindi.
«Elektron kundalik tizimi 2019 yildan boşlab joriy qilindi. Bu davlat xususiy şerikçiligi asosida amalga oşirilayotgan loyiha hisoblanadi.
Hozirgi kunda bu tizim 2 mingdan ortiq maktabda joriy qilingan. Hali 10 mingta maktabga joriy qilingani yöq.
Xöş, biz nega bu tizimni joriy qilyapmiz? Çunki, bizga qoğozdagi kundaliklardan voz keçiş ança foydali. Masalan, 2 mingta maktabdagi öquvçilar soniga hisoblasak, qoğozdagi kundaliklardan voz keçiş orqali şu yilning özida davlat budjetidan 1 mlrd. söm mablağ tejab qolinadi. Bundan taşqari, qoğozbozliklarning oldi olinadi, şaffoflik ta'minlanadi.
Bu tizimning ayniqsa, pandemiya vaqtida bizga katta yordami tegdi. Bolalarning bahosi qöyib borildi, davomati olib borildi. Şu tizim bölmaganda nazoratni qanday qilardik, bilmayman», – dedi vazir örinbosari.
Unga köra, «Kundalik.com» portalidan foydalanganlik uçun tölanadigan mablağni qimmat deb bölmaydi.
«Mablağga kelsak, qilingan şartnoma böyiça ota-onalar bir yilda 9200 söm tölaydi. Bu bir oyga 800 söm degani. Öylaşimça, bu ota-onalar uçun juda katta pul emas.
Iqtisodiy jihatdan qiyinçiligi bor bolalar nima qiladi, deydigan bölsak, biz «Temir daftar»dagi oilalarning bu tizimga kirişini bepul qilganmiz. Ikki, uç nafar farzandi borlar uçun esa yengilliklar, çegirmalar belgilangan.
Portaldagi ma'lumotlar xavfsizligiga keladigan bölsak, ota-onalar va öquvçilarning ma'lumotlari Özbekistonning «Uztelecom» taşkiloti serverlarida joylaşgan. «Uztelecom»ning serverlarida esa barça davlat taşkilotlarining ma'lumotlari saqlanadi. Bu portaldagi ma'lumotlar saqlanişiga şubha degani, Özbekistondagi barça taşkilotlarning ma'lumotlar bazasiga şubha degani», – dedi Rustam Karimjonov.
















