Bildirilişiça, Xalq ta’limi vazirligi köplab murojaatlarni inobatga olgan holda, öqituvçi va ota-onalarga qulaylik tuğdiriş maqsadida, masofaviy ta’lim davri yakuniga qadar elektron Kundalik platformasi bilan boğliq bir qator çeklov va talablarni bekor qilmoqda. 

Endilikda öqituvçilar uyga vazifalarni öquvçi va ota-onalar bilan kelişgan holda Kundalik.com tizimi yoki istalgan boşqa ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yordamida qabul qilişlari mumkinligi ma’lum qilindi. 

Bunda, televideniye orqali efirga uzatilayotgan fanlar doirasida öqituvçilar tomonidan berilayotgan uyga vazifalar “Onlayn-maktab” televizion dasturi orqali efirga uzatilayotgan darslariga mos bölişi lozim.

Uyga vazifa topşirilgandan keyin öqituvçilar tomonidan ularni baholaş va qöyilgan baholarni Kundalik.com tizimiga yoki Kundalik.com joriy qilinmagan maktablarda bosma şakldagi sinf jurnallariga qöyiş uçun beş kun muddat beriladi.