Tadbirda maktab öqituvçilaridan biri ayrim hududlarda öqituvçilar maktabga qabul yoşidagi öquvçilarning ma'lumotlarini uyma-uy yurib örganişga majbur bölayotgani haqidagi savol bilan murojaat qildi.
«Pandemiya şaroitida şu töğrimi? Özi umuman, nega bu jarayon raqamlaştirilmagan? Öqituvçi özining işini qilsinmi yo ma'lumot yiğsinmi?» – dedi savol egasi.
Holat yuzasidan xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov izoh berdi.
«Buning asosiy sabablaridan biri – bizda hozir töliq baza yöq. Maktab öqituvçilarining töliq aktual bazasi yöq. Bu böyiça 2020 yildan boşlab yagona tizim işlab çiqyapmiz. Bu borada 9 ta vazirlik bilan birga integratsiya işlari olib borilyapti.
Bunda töğri ma'lumotlar bazasi yiğilyapti. Masalan, Adliya vazirligida tuğilganlik haqida ma'lumotnoma böladi. Biz şu orqali ma'lumotlarni yanayam aniqlaştiramiz. Hozirgi kunda uşbu bazaga 2 mln.ga yaqin öquvçi ma'lumotlari yuklandi.
Şuningdek, bazaga öqituvçilar ma'lumoti ham yuklanyapti. Öqituvçi va öquvçi bir maktabdan ikkinçisiga ötsa, biz buni bilamiz. Mana şundan keyin öqituvçilar tomonidan qölda qoğoz yiğiş holatlari yöqoladi», – dedi vazir örinbosari.
















