2 may kuni AQŞning Crew Dragon-1 fazoviy kemasi Xalqaro koinot stansiyasidan ajralib, 4 fazogir bilan birga Yer tomon yöl oldi. U 6,5 soatlik parvozdan keyin tungi vaqt Meksika körfaziga qöndi.
Kemada Yerga NASA astronavtlari Maykl Xopkins, Viktor Glover, Şennon Uoker va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlari agentligi astronavti Soiçi Noguçi qaytdi.
Oxirgi marta AQŞga qaraşli fazoviy kema tungi vaqt dengizga 1968 yil 27 dekabrda qöndirilgandi. Öşanda Oy atrofida parvoz amalga oşirgan “Apollon-8” kemasi Yerga qaytarilgan.
Crew Dragon-1 ekipaji XKSda yarim yil faoliyat olib bordi. SpaceX kompaniyasi tomonidan NASA uçun işlab çiqilgan yangi köp marotabalik boşqariluvçi kema orbitaga birinçi muntazam parvozni amalga oşirgandi.
Hozirda koinot stansiyasida “Roskosmos” fazogirlari Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov, NASA astronavtlari Mark Vande Xay, stansiyaga 24 aprelda Crew Dragon-2 kemasida kelgan amerikalik astronavtlar Megan Makartur va Şeyn Kimbro, Yevropa koinot agentligi astronavti Tomas Peske va yaponiyalik astronavt Akixiko Xoside faoliyatini davom ettirmoqda.

















