Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda avtomobil raqami rekord narxga sotildi
Dubayda avtomobil raqami uchun to‘langan pul bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi. Amirlikda o‘tgan xayriya auksionida AA9 raqami 39 mln dirhamga (10 mln dollardan ko‘proq) sotildi.
“Men shayx Muhammadga (Dubay amiri) ushbu xayriya dasturining bir qismi bo‘lish imkoniyatini taqdim qilgani uchun katta rahmat aytmoqchiman”, deb aytgan raqam sohibi. U noma'lum bo‘lib qolishni istagan.
Auksionda sotilgan avtomobil raqamlari uchun jami 48,5 mln dirham (13 mln dollardan ko‘proq) olingan. Shuningdek, unda U31, T38 va E51 raqamlari sotilgan. Kimoshdi savdosi ishtirokchilari orasida Dubay amiri Muhammad bin Roshid Ol Maqtum ham bo‘lgan.
Ramazon oyi boshlanishi oldidan Dubayda ehtiyojmandlarga 100 mln porsiya yegulik tarqatilishi e'lon qilingandi. Kimoshdi savdosidan olingan pullarning bir qismi ushbu maqsad uchun yo‘naltiriladi.
Avtomobil raqami narxi bo‘yicha avvalgi rekord ham Dubayda o‘rnatilgandi: 2016 yilda D5 raqami 33 mln dirhamga (9 mln dollar) sotilgan.
Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026