Jahon | 11:47 / 02.05.2021
3475
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiya shaharlariga soliq islohotiga qarshi o‘tayotgan namoyishlar sababli qo‘shinlar kiritiladi

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke soliq islohotiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tayotgan shaharlarga armiya kuchlarini yo‘llashini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, harbiylar fuqarolar xavfsizligiga xatarlar bor bo‘lgan joylarda harakat qiladi.    

Kolumbiyadagi soliq islohoti davlat budjetini qo‘shimcha 6,8 mlrd dollarga to‘ldirishni ko‘zda tutgan. Buning uchun QQSni kengroq qo‘llash, qo‘shimcha yig‘imlar kiritish, aholining 2,4 mln pesodan (660 dollar) yuqoriroq barcha daromadlariga soliq solish taklif qilingan. Bu esa mamlakatda noroziliklarga olib kelgan. Ular borayotgan 2 hafta davomida politsiyaning 200dan ko‘proq xodimi jabrlangan, 200ga yaqin kishi qo‘lga olingan. OAVda politsiya va namoyishchilar orasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar borligi ma'lum qilinmoqda. Noroziliklar sababli 1 may kuni Kolumbiya prezidenti islohot loyihasiga o‘zgartirishlar kiritishni buyurgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid