Muzey 1926 yilda taşkil topgan bölib, bugungi kunda 12ta körgazma zallariga ega. Bu yerda Yerning geologik taraqqiyot bosqiçlari, davrlar izini qoldirgan özgarişlar, qadimgi toğ-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning toş qotgan qadam izlari, toşlarda abadiylikka muhrlanib qolgan boşqa jonzotlar va asosiysi, Özbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh böliş mumkin.

Ta'kidlaş joizki, tabiiy axborot taşuvçilar hisoblangan muzey eksponatlari geologik jismlarning tuzilişi va tarkibi töğrisidagi eng asosiy va yagona ma'lumot bölib xizmat qiladi.
Zallaridagi eksponatlar va boşqa körgazmalar töğrisidagi ma'lumotlar ekskursovodlar tomonidan 3 tilda: özbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Har bir taşrif buyuruvçi muzeydagi tarixiy topilmalar hamda tabiiy boyliklarning noyob turlarini körişi mumkin.
Dastlabki geologiyaga kiriş zalida O.Yu.Şmidt gipotezasiga köra, Yerning paydo bölişi tasvirlangan. Umuman, uşbu birinçi zalda vulqon tuzilmasi, portlaş turlari magmatizm jarayonlari, yer pöstining sxemasi, metamorfizm haqida tuşunçalar, daryolar va vodiylarning şakllanişi, sellarning, jarlikning dastlabki rivojlaniş bosqiçlari, Yerning içki tuzilişi maketi körsatilgan.
Şuningdek, zal markazida “geologiya” sözi atrofida geologiya tarmoqlari körsatilgan diagramma ham joylaştirilgan.

Muzeyning qadimgi toğ-kon sanoat qazilmalar zalida qadimgi odamlarning mehnat qurollari, hunarmandçilik va uy-rözğor buyumlari, tangalar taqdim qilingan.










































































