BioNTech kompaniyasi bilan birga koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqarayotgan Pfizer farmatsevtik kompaniyasi joriy yilning birinçi çoragida ötgan yilning şu davriga nisbatan 45 foiz köproq daromad qildi. Şuningdek, kompaniya yil yakuniga qadar vaksina savdosidan körişi mumkin bölgan daromad prognozini ham oşirdi.
Pfizer 2021 yilning birinçi çoragida 14,6 milliard dollar daromad qildi. Bu ötgan yilning şu davriga qaraganda 4,5 milliard dollarga (45 foiz) köproq degani. Kompaniya yil boşida vaksina savdosidan 15 milliard dollar daromad qilişni taxmin qilgandi. Oxirgi hisob-kitoblarga köra bu prognoz 26 milliard dollargaça oşgan. Bu esa kutilganidan 70 foizga köproq degani.
Vaksina va boşqa köplab öta muhim dori vositalari işlab çiqaruvçi Pfizer yil yakunida köpi bilan 61,4 milliard dollar daromad körişni taxmin qilgandi. Bu prognoz ham 72,5 milliard dollargaça kötarilgan. Xususan, Pfizer'ning kam uçraydigan kasalliklar uçun çiqaradigan dorilari savdosi 29 foizga, onkologik preparatlar savdosi 18 foizga, immunitetni himoya qiliş böyiça dorilar savdosi 9 foizga oşgan. Ya'ni, Pfizer'ning koronavirus vaksinasi körsatayotgan samarali ta'siri kompaniyaning boşqa mahsulotlari savdosiga ham ijobiy turtki bölgan.
Ma'lumot uçun, 3 may holatida Pfizer va BioNTech hamkorlikda 91 ta davlatga 430 million doza vaksina yetkazib bergan. 14 yoşgaça bölgan odamlar uçun koronavirusga qarşi Pfizer vaksinasi 99 foiz ölim holatidan qaytarişi ma'lum qilingandi. AQŞda keyingi haftadan Pfizer vaksinasini 12-15 yoşli bolalarda ham zarur hollarda qöllaş boşlanişi aytilmoqda.













