Bundan davlatga nima naf?

Köpçilik Yevropa şaharlari kabi Lyublyana ham zararli gaz çiqaruvçi transport vositalaridan foydalanmaslik orqali havo ifloslanişining oldini olişga harakat qiladi. Kişilarni velosipeddan foydalanişga rağbatlantirib, havoning tozaligini saqlaşga urinadi, şuningdek, fuqarolarni soğlom hayotga undaydi.

Velosiped ijara tizimi qanday işlaydi?

Tizim foydalanuvçilardan haftalik yoki yillik obuna bölişni talab qiladi. Bir haftalik obuna – 1 yevro, 1 yillik obuna – 3 yevro.

Agar Lyublyanaga bir neça kun yoki haftaga sayohatga borsangiz, haftalik obunadan foydalanişingiz mumkin. Bunda sizga elektron poçta, Master yoki Viza karta kerak böladi.

Röyxatdan ötiş jarayoni quyidagiça:

1. Dastlab BicikeLJ saytiga kirib, «Röyxatdan ötiş (Sign Up)» tugmasini bosasiz.

2. Ye-mail manzilingizni kiritasiz va parol (PIN) örnatasiz.

3. E-mail’ingizga tasdiqlaş xabari yuboriladi, tasdiqlaş uçun xabardagi havola ustiga bosasiz.

4. Söng saytdan obuna turini tanlaysiz.

5. Obuna turini tanlaganingizdan keyin ism, familiya, tuğilgan yil va telefon raqamingizni sörovçi şakl çiqadi (istalgan davlat telefon raqamini qabul qiladi). Uni ham töldirganingizdan keyin obuna uçun tölov qilişingiz kerak böladi. Tölovni Master yoki Viza karta orqali qilasiz.

Keyin e-mail’ingizga foydalanuvçi raqami va kod yuboriladi. Veloturargohdan velosipedni olayotganda foydalanuvçi raqami va koddan foydalanasiz: maxsus avtomatga foydalanuvçi raqami va kodni kiritib, olmoqçi bölgan velosipedingizni tanlaysiz va uni qulfdan yeçib olasiz.