Hukumat qarori bilan, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, haydovchilardan quyidagi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi:

  • transportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan);
  • avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma'lumot;
  • «tonirovka» ruxsatnomasi.

Ushbu hujjatlar elektron shaklga o‘tkaziladi.

Bu – 4 may kuni qabul qilingan «Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarorida nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2021 yil 1 avgustdan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi.