Turkiyaning Istanbul şahridagi Uskudar tumanida joylaşgan Çamlija masjidi mamlakatning yirik jomelaridan biri hisoblanadi. Masjidning qurilişi 2013 yilda boşlanib, 2019 yilda tamomlangan. Masjidning umumiy maydoni 57 ming 500 kvadrat metrni taşkil etadi. Çamlija 6 minoradan iborat.
Masjidda muzey, san'at galereyasi, kutubxona va ming kişilik konferensiya zali bor. Şuningdek, Çamlija jomesi 3 ming 500ta avtomaşinani siğdira oladigan avtoturargohga ham ega.
Masjidning qubbasi 72 metr bölib, bu Istanbulda 72 millat istiqomat qilayotganidan darak beradi.
«Istanbulning istalgan yeridan körinib turadi»
2010 yilda Istanbul hokimiyati Uskudar tumanida joylaşgan Çamlija tepaligiga teleminora quriş taklifini örtaga taşlaydi. Faqat quriladigan mazkur inşoot tepalikning tabiatiga katta zarar yetkazişini inobatga olib, hokimiyat öz qarorini bekor qiladi.
2012 yilning may oyida esa «Istanbulning istalgan yeridan körinib turadigan» masjid aynan Çamlija tepaligiga qurilişi haqidagi xabarlar matbuotda keng yoritila boşladi.
Masjid qurilişi haqidagi xabarlar tarqala boşlaganiga qaramasdan, mutasaddilar hali aniq bir çizmalar yöqligini oçiqlaydi. Biroq me'mor Mehmen Guner çizmasi asosida Qahramonmaraş şahrida qurilgan masjid prezident Rajab Toyyib Erdoğanga ma'qul kelgani uçun Çamlija jomesining çizmasi ham uning zimmasiga yuklatiladi.
«Muddatidan oldin foydalanila boşlandi»
2016 yilning iyul oyida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan masjid bitmay qoladi. Ammo u namozxonlar uçun oçiladi. Masjid töliq 2019 yilda bitkazilib, barça uçun oçiladi. Çamlija masjidi qurilişiga 66,5 Ayni paytda masjid nafaqat Istanbul, balki Turkiyaga kelgan sayyohlar uçun ham albatta borib körişlari şart bölgan manzillardan biriga aylangan.
Isfandiyor Burgutboyev

















