Ma'lum bölişiça, 2021 yil 6 may kuni soat 20:40 atrofida M39 Almati — Toşkent — Termiz xalqaro avtomobil yölining Samarqand viloyati hududidan ötuvçi 1081-kilometrida, yölning tagidan ötgan 1200 millimetrli yuqori bosimli magistral suv quvuri yorilib ketgan. Oqibatda, katta miqdorda suv sizib çiqib, yölning çap tomonidan 15x6 metr qismi öpirilib tuşgan. Yana bir qismi esa çökkan.

Şundan söng viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan joydagi aylanma atrofida, yöl qoplamasi çökkan va öpirilib tuşgan tomonda transport vositalarining harakati töxtatilgan va yölning ikkinçi tomonidan qatnov taşkil etilgan.

Qayd etilişiça, oqibatlarni bartaraf etiş uçun:

Viloyat IIB YHXBdan 18 nafar,

PPXdan 8 nafar,

Yöl taşkilotidan 25 nafar,

«Samarqand suv ta'minoti» MÇJdan 27 nafar xodim jalb qilingan.

Bundan taşqari, 2ta treyler, 2ta avtokran, 2ta ekskavator, 1ta pogruzçik, 1ta manipulyator, 2ta suv tortkiç, 2ta maxsus maşina jalb etilgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur hodisada heç kim jarohat olmagan. Ayni damda yölning çökkan va öpirilgan joyi yopib qöyilib, qatnov yölning narigi tarafidan taşkil etilgan.

«Haydovçilardan M39 yölining serqatnovligini inobatga olgan holda yölning bir taraflama taşkil etilgan joyida ehtiyotkorlik bilan harakatlanişlarini sörab qolamiz», deyiladi xabarda.

Ma'lumot uçun, mazkur çökkan va öpirilib tuşgan yöl Çöponota tepaligida, bundan 2 oy avval buzib olingan «Ştab» yöl-patrul posti yaqinida joylaşgan.