Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida «Damas» haydovçisi ikki nafar piyodani urib yuborgan. Söng, jabrlanuvçilarga yordam körsatmasdan, qoçib ketgan. Oqibatda öz vaqtida yetarli tez tibbiy yordam körsatilmagan piyodalar tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 6 may kuni soat 22:45 larda, tumanning Kattaboğ mahallasi hududidan ötgan 4-N 601 avtomobil yölining 6-kilometrida, tumanning Çuyinçi mahallasida yaşovçi, 31 yoşli P.S. «Damas» maşinasi bilan yöl-transport hodisasi sodir etgan.

U tumanning Kattaboğ-Qulluqşo mahallasi yönalişida ketayotgan vaqtda yölning öng tomon çekkasidan harakatlanib ketayotgan piyodalar, tumanning Kattaboğ mahallasida yaşovçi, S.A., Yu.O. va N.A.larning orqa tomonidan urib yuborgan. Ammo turli darajadagi tan jarohatlari olib hayoti xavf ostida qolgan piyodalarga yordam körsatmasdan qasddan voqea joyidan yaşiringan. Oqibatda, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, S.A. va Yu.O. şifoxonada vafot etgan.

Şundan söng, mazkur holat yuzasidan tuman böyiça «Tösib uşlaş» rejasi amalga oşirilib, körilgan çoralar natijasida, haydovçi P.S. qölga olingan. Suriştiruvlarda, «Damas» haydovçisi P.S. maşinani heç qanday hujjat bölmagan holda boşqargani aniqlangan.

Qayd etilişiça, Şerobod tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan haydovçi P.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi va 117-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.