Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabariga köra, tarqalgan videolarda aks etgan şer bolasi topib olinmagan, balki uşlab qolingan.
“Gap şundaki, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda viloyat IIB hamkorligida ötkazilayotgan reyd davomida Qaşqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomaşina tekşirilganda, unda şer bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
Viloyat ekologiya boşqarmasi mutaxassislarining şer bolasining qayerdan, nima uçun olib ketilayotgani haqidagi savollariga haydovçi aniq javob bera olmasdan, hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal ötmay esa “hujjatlarni olib kelaman”, deb şer bolasini taşlab qoçib ketgan”, deyiladi ma'lumotda.
Bildirilişiça, şundan söng olib borilgan tezkor tadbirlar davomida haydovçi uşlangan va ayni paytda dastlabki suriştiruvlar olib borilmoqda.
Şer bolasi Samarqand viloyati Ekologiya boşqarmasida örnatilgan tartibda vaqtinça saqlanmoqda. Qöşimça ma'lumotlar taqdim etilişi aytilgan.
















