Sovuq havo yovvoyi hayvonlarga ham ta’sir qildi. Qalin qor ostidan yemiş topiş ularga qiyinçilik tuğdirmoqda. Bunday paytda ularni asrab qoliş muhim hisoblanadi. Şu sababli respublika böylab biotexnik tadbirlar ötkazilmoqda. Muhofaza etiladigan hududlarda yovvoyi hayvonlar uçun ozuqalar qöyib çiqilyapti. Jumladan, quşlarga don, boşqa turdagi hayvonlarga yem va xaşak berilmoqda. Suvloqlar ham hayvonlar kelib suv içişi uçun har kuni muzdan tozalanyapti.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi
Foto: Tabiat resurslari vazirligi

“Muhofaza etiladigan har bir tabiiy hududda öziga xos hayvonot turlari mavjud. Ularni sovuqlardan talafotsiz olib çiqiş maqsadida biotexnik tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Bu borada bizga mahalliy hokimliklar ham yordam bermoqda.

Har bir qöriqxonada inspektorlar, ilmiy xodimlar faoliyat olib boradi. Ular hayvonlar töplanadigan, oziqlanadigan, suv içadigan joylarni bilişdi. Hozirda öşa joylarga ozuqalar qöyib çiqilmoqda. Albatta, bu ança maşaqqatli iş. Sababi baland toğ tizmalariga çiqib, ozuqa soçib kelişning özi bölmaydi”, — deydi Tabiat resurslari vazirligi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boşqarmasi boşliği Xalilulla Şerimbetov. 

Xalilulla Şerimbetov / Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, yovvoyi hayvonlar uçun 100 tonna yem zaxira qilingan. 170 tonnadan ortiq xaşak, 7 000 dona beda va somon presslari ham jamğarilgan.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi
Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Biotexnik tadbirlar havo haroratiga qarab fevral oyida ham davom etişi mumkin.