Voqea guvohlarining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 7 may kuni soat 21:00dan söng şu atrofdagi mavzeda çiroq öçgani sabab bekat ham qoronğilikda qolgan.
Maşinist bekatda yölovçilarni tuşirişdan oldin bu haqda 2 marta ogohlantirgan.
Qo‘yliqda chiroq o‘chib, metro bekati ham qorong‘ilikda qoldi
— Kun.uz (@KunUzNews) May 7, 2021
Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq bozori yaqinidagi 7-bekatiga kelgan yo‘lovchilar qorong‘ilikdan telefonlarining chirog‘ini yoqib ko‘chaga chiqishiga to‘g‘ri keldi. pic.twitter.com/cowEZAkt0c
UPD. Soat 23:29da «Özbekiston temir yöllari» AJ axborot markazi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
«Bugun, 07.05.2021, soat 21:10 da şahardan elektr ta'minotining uzilişi sodir böldi, bu esa Toşkent metropolitenining halqa yönalişidagi «7-bekat» stansiyasida yoritiş tizimiga, ya'ni 100 dona yoritiş lampalarini öçişiga ham ta'sir körsatdi.
Bu hodisa metro poyezdlarining harakatiga ta'sir qilmadi. Elektr ta'minoti 22:00da tiklandi», – deyiladi kompaniya axborotida.
















