Bugun, 10 may kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasining Yevropa va taşqi işlar vazirligi huzuridagi taşqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik böyiça vakil-vaziri Frank Riyester boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, uçraşuvda bölajak qöşma tadbirlarga tayyorgarlik köriş bilan boğliq masalalarga e'tibor qaratilgan.
Şuningdek, Fransiya tomoni 2022 yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida «Markaziy Osiyo uluğvorligi. Özbekiston karvon yöllarida» nomli körgazmani taşkillaştirişda Özbekistonni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
















