2021 yil 1 may kuni amerikalik harbiylarni Afğonistondan olib çiqiş jarayoni yakunlanişi kerak edi — ammo Donald Tramp va'da qilgan muddat AQŞning yangi prezidenti Jo Bayden tomonidan ortga surildi - Amerika tarixiga allaqaçon eng uzoq vaqt davom etgan uruş sifatida kirgan bu kampaniyani uzil-kesil yakunlaş muddati törtinçi bor özgardi. Endi amerikaliklar bu mamlakatni 2021 yil 11 sentyabriga qadar bosqiçma-bosqiç tark etişi kerak — bu sana Nyu-Yorkda sodir etilgan va uşbu amaliyot boşlanişiga sabab bölgan teraktning 20 yilligiga töğri keladi. Ötgan vaqt mobaynida amerikaliklar va ularning Ğarbdagi ittifoqçilari oldinga qöyilgan maqsadlarning birortasiga erişa olişmadi, faqat uşbu teraktlarning asosiy taşkilotçisi bölgan Usama bin Lodin yöq qilinişidan taşqari. Ammo global terrorizm mağlub etilmadi, afğon jamiyatini demokratlaştiriş ham amalga oşmadi — amerikaliklar ketgaç, hukumat toliblar qöliga qaytişi, mamlakatda ularning ittifoqçilari bölgan «Al-Qoida» va boşqa jangari guruhlar ta'siri kengayişi haqiqatga yaqin. «Meduza» bu uruşning har yiliga oid suratlarni saraladi.

2001 yilgaça vaziyat qanday edi?
1996 yildan Afğonistonning katta hududi mamlakat janubidagi puştunlar asos solgan «Tolibon» radikal harakati nazoratida bölgan. Toliblar poytaxt Kobulni va 1989 yilda sovet qöşinlari olib ketilgaç fuqarolik uruşi girdobida qolgan janubiy hududlarni töliq qölga olgandi. Toliblar hukmronligida afğonlar qat'iy diniy diktatura şaroitida yaşardi — faqat şariat qonunlari tan olingan, ölim jazosi va mayib-majruh qiluvçi jazolar qöllangan, har qanday köngiloçar tadbirlar taqiqlangan. Toliblarga Şimoliy alyans - Afğonistonning puştun bölmagan xalqlariga (özbeklar, tojiklar, hazoriylar va boşqalar) mansub bölgan dala qömondonlari qarşi turgan. Alyans yetakçilaridan biri xarizmatik va ilğor fikrli, tojiklarning «Afğoniston islom jamiyati» partiyasi rahbari bölgan Ahmad Şoh-Ma'sud edi, u tenglik tarafdori bölib, afğon ayollari ham ta'lim olişga haqli ekanini yoqlab kelgan.

2001
Nyu-Yorkdagi teraktdan ikki kun oldin, 9 sentabr kuni Afğoniston şimoli-şarqidagi Tohar viloyatida jurnalist qiyofasida harakatlangan «Al-Qoida» jangarilari «Tolibon»ning asosiy raqiblaridan bölgan Ahmad Şoh-Ma'sudni öldirişadi. Teraktdan keyin bir oyga yaqin vaqt ötib, 2001 yil 7 oktyabrida AQŞ britaniyalik ittifoqçilar bilan birgalikda «Mustahkam ozodlik» operatsiyasini boşlaydi. Uruşning birinçi bosqiçida Ğarb kuçlari «Tolibon» va «Al-Qoida» pozitsiyalarini havodan bombardimon qiliş bilan çeklanadi. Oktabr oyi oxirida esa quruqlik qöşinlarining ilk kontingenti Afğoniston tuproğiga qadam qöyadi. Dekabrgaça Şimoliy alyans va Ğarbdagi ittifoqçilar bosimi ostida «Tolibon» mağlub etiladi. Usama bin Lodinning toğdagi qarorgohi afğonlar tomonidan qamal qilinadi (amerikaliklar bu amaliyotda iştirok etişmagan) va uning yaqin tarafdorlari bölgan 20 kişi qölga olinadi, ammo uning özi qoçişga ulguradi. Kobulda Hamid Karzay boşçiligidagi muvaqqat hukumat hokimiyatga keladi.