Isroil va Falastin örtasidagi bahsli hududda joylaşgan Masjidul Aqso atrofida uç kundan buyon tartibsizliklar tinmayapti. Quddusdagi islom olami uçun muqaddas masjidga ibodat qiliş uçun borayotgan falastinliklar Isroil politsiyasining qarşiligiga uçradi. Oqibatda yuzlab falastinliklar, 20 nafar isroillik politsiyaçilar jarohatlangan. Quddus Isroilning siyosiy nazoratiga ötganining 54 yilligi munosabati bilan töqnaşuvlar bölişi kutilgandi, çunki bu har yili öşa uruş boşlangan may-iyun oylarida töqnaşuvlar xuruj qilib turadi.
Olti kunlik uruşda nimalar bölgandi?
1967 yil 5-10 iyun kunlari bölib ötgan jangda Isroil arab koalitsiyasiga (Misr, Suriya, Iordaniya, Iroqdan iborat) qarşi jang qilib, oxir-oqibat öz hududidan 3,5 baravar katta yerlarni egallab oladi. 1967 yil tongida Isroil qiruvçi samolyotlari arab koalitsiyasini yakson qilib, bugun rasman öziniki qilib olgan hududlarni 6 kun içida egallaydi. Bu uruşda Suriya Jölon tepaligini, Misr Sinay yarimoroli va Ğazo sektorini, Iordaniya esa Iordan daryosining ğarbiy sohilini boy beradi. Aynan şu uruşdan söng Isroil Quddusning egasi ekanini ayta boşlab, çegaralarini şahar hududidan belgilaydi. 1980 yilda esa Isroil Quddusni özining ajralmas bölagi deb e'lon qiladi.
#IsraeliOccupation Stormed Al Aqsa mosque and attacked worshippers with stun grenades, rubber bullets, and tear gas and is now preventing the entry of medics PLEASE SHARE this is happening in real time!!#AlAqsa #Jerusalem #SheikhJarrah #IsraeliAttackonAlAqsa #SavePalestine pic.twitter.com/lNwvmksCI4
— #SaveSheikhJarrah لين (@NotLeenn) May 10, 2021
Şanba kuni falastinliklar ularga masjidga borişga ruxsat bermagan isroillik politsiyaçilarga toşlar bilan hujum qilişdi. Ularga qarşi esa közdan yoş çiqaruvçi gaz işlatilgan. 215 nafar jarohatlangan falastinliklardan 153 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan 4 nafari oğir holatda. Isroil politsiyasi Eski şahar va Siğiniş toğidagi hududda xavfsizlik kuçaytirilganini ma'lum qilgan. Duşanba kuni Quddus Isroil tasarrufiga ötgan kuni ekani munosabati bilan tartibsizliklar kuçayişi kutilgandi. Bu kun Isroilda Iyerusalim kuni (Quddusni şunday ataşadi) sifatida nişonlanadi. Bu kunda isroilliklar musulmonlar yaşaydigan hududlardan va Yiği devori oldidan yurib ötib, odatda uruş boşlanib ketadi. Bu safar öziga xos marş ramazon oyiga töğri keldi. Şu sabab Isroil politsiyasi marş iştirokçilariga Aqso masjidi atrofidan yurişni taqiqlagandi.
























