O‘zbekiston | 10:20 / 12.05.2021
3241
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada bog‘chalarga yetkazib berilayotgan go‘sht mahsulotlari sifati qoniqarsiz ekani aniqlandi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning topshirig‘iga asosan, Farg‘ona viloyati shahar va tumanlaridagi 823 ta maktabgacha ta'lim muassasasiga yetkazib berilayotgan go‘sht mahsulotlarining iste'molga yaroqliligi, sifati va o‘z vaqtida yetkazib berilishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd qilinishicha, Beshariq tumanida 15 ta, Quva tumanida 9 ta, Marg‘ilon shahrida 8 ta, Quvasoy shahrida 6 ta, Farg‘ona shahrida 2 ta, Oltiariq va Farg‘ona tumanlarida 1 tadan maktabgacha ta'lim tashkilotiga yetkazib berilgan go‘sht mahsulotlarining sifati qoniqarsiz ekani, tarkibida suyak va mol yog‘i miqdori belgilangan me'yor talablaridan yuqori ekani aniqlandi.

Xususan, Farg‘ona shahrida va  Farg‘ona tumanida “Volida” f/x tomonidan, Beshariq tumanida “Oybek Aziya chorva” d/x hamda “Business Company Invest” MChJ tomonidan, Marg‘ilon shahrida “Qubbo tayyorlov ta'minoti” MChJ tomonidan, Quva tumanida “Isaqjon Tojiboyevich Toshboyev” d/x, “Qubbo tayyorlov ta'minoti”, “Ideal panper” hamda “Quva shukronasi” MChJlari tomonidan MTTlarga yetkazib berilgan muzlatilgan go‘sht mahsuloti sifatsizligi hamda tarkibida suyak va mol yog‘i miqdori belgilangan me'yor talablaridan yuqori ekani, ba'zi hollarda muzdan erishi oqibatida ortiqcha suv ajralib, taom sifatiga ta'sir qilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Avvalroq Farg‘ona viloyatidagi beshta MTTda koronavirusga chalinish holati kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.
 

Mavzuga oid