Jizzax shahri hokimi birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor 2000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Oybek Nurmatov qo‘lga olindi. U shahardagi ijtimoy soha obektlarini qurish va ta'mirlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini olib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar talab qilgan.
Jizzax shahri hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor tenderni olib berish uchun tadbirkordan 2000 AQSh dollari olayotgan payti qo‘lga olingan.
Jizzax shahar hokimligi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, pora bilan ushlangan mansabdor shaxs ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek shahar hokimining birinchi o‘rinbosari emas, kadrlar yetishmovchiligi sababli Jizzax shahar moliya boshqarmasi boshlig‘i Oybek Nurmatov vaqtincha shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida tayinlangan.
Ma'lum qilinishicha, Oybek Nurmatov joriy yilning 6 may kuni soat 20:00larda Jizzax shahri Jizzaxlik mahallasida 2000 AQSh dollarini o‘zi boshqaruvidagi Gentra yukxonasiga tashlab qo‘ygan holda olgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbirkorga olib berilishi va'da qilingan tender Jizzax shahridagi ijtimoiy soha obektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati hokim o‘rinbosari Akrom Rahmonqulovning qarindoshlari bir necha yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgani jamoatchilikka ma'lum bo‘lgandi.
Keyinchalik, prezident Jizzaxda qurilish sohasidagi mojarolar ortidan Jizzax viloyati hokim o‘rinbosari Akrom Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblagan va keyinroq u ishdan olingandi. Shundan so‘ng, Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024