O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro ishtirokchilarini zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi

Foto: Mustafa Hassona/Anadolu Agency via Getty Images
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro keskinlashuvi bo‘yicha munosabat bildirib, tomonlarni qon to‘kishni to‘xtatishga chaqirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanligini bildiradi.
Tomonlarni zo‘ravonlikka chek qo‘yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.
Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini ta'minlash zarur, deb hisoblaymiz.
Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq me'yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar hamda «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida hal etilishi lozim», deyiladi bayonotda.
- Yaqin Sharq Falastin-Isroil mojarosining 2014 yildan keyingi eng avj pallasini boshdan kechirmoqda. Quddusdagi al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS guruhi Isroil hududiga raketalar uchira boshladi. Bunga javoban Isroil harbiy havo kuchlari Falastin hududlariga aviazarbalar yo‘lladi. Mazkur hujumlar oqibatida 12 may holatiga ko‘ra, 40 kishi – G‘azoda 35, Isroilda 5 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 20:07
-
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili
O‘zbekiston | 20:03
-
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
Jahon | 19:50
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
Mavzuga oid

16:07
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar

14:54
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi

22:23 / 29.05.2025
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor

20:41 / 29.05.2025