Loyihaga hozirça nom qöyganimiz yöq, şu sababli tanlov e'lon qilamiz. Körsatuvimizning birinçi sonini oxirigaça tomoşa qiling va olgan taassurotlaringiz asosida loyihamizga töğri keladigan kreativ nom topib, Youtube'da video ostidagi izohlarda yozib qoldiring, siz topgan nom bizga ma'qul kelsa 1 million söm sohibi bölasiz. Tanlov ğolibi keyingi körsatuvimizda e'lon qilinadi.

Körsatuvimizning birinçi sonida hozirgi kunda eng daromadli bizneslardan biriga aylanib ulgurgan avtomobil yuviş biznesiga nazar solmoqçimiz.

Bir qaraşda oddiy köringan bu biznes, borgan sari zamonaviylaşib bormoqda. Oldin avtomobillar şundoqqina ariq böyida bitta çelak va latta bilan yuvilardi. Hozir-çi? Avtomobil yuviş şoxobçalari borgan sari dam oliş komplekslarini eslatib yubormoqda.

Körsatuvimizning birinçi sonida tadbirkor Maqsad Mansurov bilan u Özbekistonga olib kirgan Blackstar Carwash franşizasi haqida suhbatlaşdik.

3 ming metr kvadratdan ortiq maydonga ega şoxobça Toşkent markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida joylaşgan.

— Poytaxtda borgan sari premium toifadagi avtomobil yuviş şoxobçalari köpayib boryapti. Nahotki, şu toifadagi avtomobil yuviş şoxobçalariga talab yetarli darajada?

— Har bir soha quyi, örta va yuqori segmentga bölingan. Biz yuqori sifat segmentini tanlaganimizga sabab – köp döstlarimiz, yaqinlarimiz yaxşi maşina haydaganda maşinasini ukasi yoki haydovçisiga berib yuborişdan çöçiydi. Özi bormasligiga sabab – avtomobil yuvadigan joyda kerakli şaroit yöq. U issiqda yoki sovuqda köçada turişni xohlamasligi mumkin yoki vaqti yöq. Bu yerda esa har bir inson tuşlik qilişi, keçki payt örtoqlari yoki dam oliş kuni farzandlari bilan kelib hordiq çiqarişi uçun şaroit yaratilgan.

Masalan, tuşlik mahali kelsangiz, bemalol maşinani qoldirib, tuşlik qilib olişingiz mumkin.

— Bu yerda avtomobil yuvişdan taşqari yana nimalar bor?

— Deteyling xizmati, ya'ni maşinalarni keramika qiliş, polirovka, ximçistka qiliş va maşina uçun aksessuarlar dökonimiz bor. Şuningdek, ovqatlanadigan joyimiz ham bor.