Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori Hilola Umarova yangi taşkil etiladigan Prezident maktablari haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, 2021/22 öquv yilidan Buxoro, Farğona, Jizzax, Samarqand, Qarşi, Qaşqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafşon şaharlarida yangi Prezident maktablari oçilişiga tayyorgarlik körilmoqda.
«Hozirda Buxoro, Farğona, Jizzax, Samarqand, Qarşi şahridagi maktablarimiz 98 foiz tayyor. Ya'ni sentyabrga tayyor bölişadi. Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafşon şahridagi maktablarimizda quriliş işlari boşlangan. Hozirda 30-40 foiz. Lekin bu yil qabulga, balki 1 oy keçikiş bilan tayyor bölişi mumkin.
Hozir şu zaxira bilan rejalaştiryapmiz. Lekin bu yilga 10ta hudud, ya'ni 10ta maktabni oçişni rejalaştirganmiz. Hozir har hafta özimiz quriliş işlarini nazoratga olib turibmiz», – dedi agentlik rahbari.
Qayd etilişiça, yangi taşkil etiladigan Prezident maktablarining 1-yilida 5-10-sinflar kesimida jami 144 nafar öquvçi saralab olinadi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uçun 24 nafar öquvçidan iborat bölib, 2ta sinfga bir xil – 12 nafardan öquvçi taqsimlanadi.
Şuningdek, agentlik direktori ota-onalardan Prezident maktablariga ariza töldirayotganda e'tiborli bölişni söradi.
«Köpçilik ota-onalar röyxatdan ötişda özlarining telefon raqamlarini kiritişmaydi. Bu telefon raqami doimiy biz bilan boğliq, ya'ni unga avtomat sms-xabarlar boradi. Şu sababli keyinçalik e'tirozlar bölmasligi uçun yo ota, yo ona özining doimiy işlaydigan telefon raqamini kiritişini sörab qolamiz», – dedi Hilola Umarova.
Mavzuga oid:
Prezident maktablariga qabul va imtihon ötkaziş sanasi ma'lum qilindi
Prezident maktabiga talabgor öquvçi qaysi fanlardan «a'lo» baho olgan bölişi kerakligi aytildi











