«Jangga tayyorlanyapmiz». Isroil Ğazo sektori çegarasiga quruqlik qöşinlarini yuboradi
|23:57 / 13.05.202142 57811 min
Isroil Ğazo sektori bilan çegaraga qöşimça kuçlar yuboradi. Bu haqda BBC harbiy qömondonlik vakiliga asoslanib xabar bermoqda. Avvalroq isroillik harbiylar quruqlik orqali amaliyot boşlaşga tayyorgarlik körayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Harbiylar çegara yaqiniga keltiriladi. Bu tayyorgarlik qadami», degan Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi, podpolkovnik Yonatan Konrikus.
Uning sözlariga köra, zaxiradagilarning 3 ming nafari armiyaga safarbar etilgan, çegaradagi harbiy qömondonlarga esa voqealarning har qanday rivojiga tayyor turiş böyiça körsatma berilgan.
«Ular u yerda jangovar şay holatda turişibdi, ular jangga tayyorlanmoqda desa ham böladi. Ammo bu ertagayoq qiladigan birinçi işimiz emas - biz e'tiborimizni duşmanning imkoniyatlarini pasaytirişga qaratganmiz», deya qöşimça qilgan armiya vakili.
Çorşanba kun kun davomida Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS guruhi va Isroil armiyasi bir-biriga zarbalar berişda davom etdi. Falastinliklar Isroil hududiga yana önlab raketalar uçirdi - bu Isroil harbiy-havo kuçlari tomonidan yöllangan aviazarbalar oqibatida Ğazodagi yana bir köp qavatli bino vayron etilişiga javoban amalga oşirildi.
Xabar qilişlariça, tomonlar bir-biriga harbiy hujum qila boşlagan duşanba kunidan buyon Ğazo sektorida kamida 72 kişi halok bölgan, şundan 17 nafari bolalardir. HAMAS tomonidan nazorat qilinuvçi Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, isroilliklarning zarbalari tufayli yaralanganlar soni 400 nafarga yaqin.
Isroil tomonidagi yöqotişlar soni esa 7 kişi, şu jumladan, bir bola, bir harbiy xizmatçi va Hindiston fuqarosi halok bölgan. Sönggi kunda Isroilning bir neça şaharlarida, şu jumladan, mamlakat janubidagi Sderoteda raketalar portlagan - uylardan biriga raketa kelib tuşişi natijasida olti yoşli bola qurbon bölgan. Seşanba kuni Isroil hukumati jarohatlanganlar soni 100 nafarga yaqinligi töğrisida ma'lumot bergandi.
Bir neça soatlik tanaffusdan keyin payşanbaga ötar keçasi falastinliklar raketa yoğdirişni davom ettirişdi. Isroildagi naşrlar xabar berişiça, mamlakatning markazi va janubida, şuningdek, Ğazo sektoridan ança olisda joylaşgan şimoldagi ayrim şaharlarda ham havo hujumi haqida sirenalar yangragan.
Öz navbatida, Isroil ham payşanba tongida Ğazo sektorining şimoliy hududlariga raketa zarbalari yölladi. OAV ma'lumotiga köra, Isroil mudofaa armiyasi HAMAS razvedka xizmatlari faoliyat olib boruvçi binoni nişonga olgan, şuningdek, uşbu guruh moliyaviy amaliyotlarini amalga oşiriladigan bank hujumga uçragan.
Mavzuga oid
Arab tumanlaridagi töqnaşuvlar
Isroil hukumati va HAMAS örtasidagi ziddiyat fonida bir neça şaharlarda isroillik arablar iştirokida şiddatli töqnaşuvlar boşlanib ketdi. Duşanba kunidan buyon hukumat arab tumanlarida 400ga yaqin kişini hibsga olgan.
Isroildagi naşrlar xabariga köra, olomon nafaqat yahudiylarga, balki arablarga ham hujumlar qilmoqda.
Çorşanba kuni keçqurun Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil şaharlaridagi vaziyatni «toqat qilib bölmas» deb baholagandi. «Biz anarxiyaga yöl qöymaymiz. Bir guruh arablar yahudiylarga hujum qilişiga yoki bir guruh yahudiylar arablarga hujum qilişiga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», deya hukumat rahbarining videomurojaatiga asoslanib yozadi Times of Israel.
Isroilning asosiy xalqaro aeroporti Ben Gurion joylaşgan Lod şahridagi töqnaşuvlar ayniqsa qaqşatqiç tus olgan. Xabar qilişlariça, bu yerda sinagogga va bir neça avtomobilga öt qöyilgan, hududda favqulodda holat va komendantlik soati joriy etilgan.
Bundan taşqari, Hayfa şahrida ham arab namoyişçilari politsiya bilan töqnaşgani haqida xabarlar kelgan. Şuningdek, Şarqiy Quddusda va Iordan daryosining ğarbiy qirğoğidagi bir qança şaharlardagi yangi töqnaşuvlar haqida ma'lumotlar bor.
Çorşanba kungi xabarlardan köproq hollarda yahudiylar arablarga nisbatan zöravonlik uyuştirayotgani ma'lum böladi. Jumladan, Isroil televideniyesida namoyiş etilgan kadrda Örta Yer dengizi qirğoğidagi Bat-Yam şahrida yahudiylar guruhi arabligi gumon qilingan şaxsni maşinadan çiqarib, kaltaklagani aks etgan. Ammo Wall Street Journal naşri xabariga köra, bu jabrdiyda aslida yahudiy bölgan. Bundan taşqari, şahardagi bir neça arab muassasalari vayron qilingan. Şahar meri Zvik Brotning ta'kidlaşiça, tartibsizliklar «şahar taşqarisidan kelgan provokatorlar tomonidan uyuştirilgan».
בת ים, הערב: זה לא ניסיון דריסה, זה פחד של הנהג מההמון הקיצוני. לינץ' בנהג ממוצא ערבי, למה? כי הוא ערבי. תוהו ובוהו. pic.twitter.com/o5Z0iLCd5n
Isroil aholisining 21 foizga yaqinini arablar taşkil etadi - ular Isroil davlati taşkil etilişidan oldin ham şu hududda yaşagan va 1948 yilda yangi davlat taşkil etilganidan keyin ham öz şaharlarida qolişga qaror qilgan odamlarning avlodlaridir.
Netanyaxu mamlakat hukumati Isroilni taşqi duşmanlardan ham, mamlakat içkarisida tartibsizliklar uyuştirayotganlardan ham himoya qiliş uçun bor imkoniyatni işga solişini ma'lum qilgan. Ammo Falastin ma'muriyati Isroilning harakatlarini «şusiz ham tuşkunlikda yaşayotgan ikki million kişiga jarohat yetkazuvçi» «harbiy agressiya» sifatida qoralagan.
Çorşanba kuni yana nimalar röy berdi?
Ğazodagi qurollangan falastinliklar xabar qilişiça, Isroil hududiga 130 raketa uçirilgan - bu şahardagi uçinçi köp qavatli bino qulaşiga olib kelgan isroilliklarning aviatsiyasi hujumiga javoban amalga oşirilgan. Bu binoda HAMAS harakatining televizion kanali bölmiş «Al-Aqso TV»ning studiyasi joylaşgandi.
Isroil armiyasi ma'lumotlariga köra, uç kun davomida Isroil hududiga jami 1,5 ming raketa yöllangan, ularning aksar qismi «Temir qubba» nomli havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgan.
Isroil qurolli kuçlarining tasdiqlaşiça, Ğazo sektoriga bu safargi zarbalar berilişi - mintaqada 2014 yildan buyon eng keng kölamli harbiy harakatlar bölmoqda.
Isroil tomoni xabariga köra, hujumlar oqibatida HAMASning yuqori martabali amaldorlaridan biri öldirilgan, bundan taşqari, Isroil hududini öqqa tutişda qöllangan raketa uçiruvçi moslama yöq qilingan.
Ğazo sektoridagi uylar öqqa tutilişidan oldin Isroil bu uylarda yaşovçi aholini evakuatsiya haqida ogohlantirgan. Ammo falastinlik şifokorlarning ma'lumotiga köra, qurbonlar orasida tinç aholi vakillari ham bor.
Agence France-Presse agentligi xabariga köra, seşanba kungi aviazarbalar oqibatida bir oilaning beş a'zosi halok bölgan. «Biz kulişib ötirgandik. Ammo ular birdan bizni bombalaşni boşladi. Butun atrofni yonğin çulğab oldi», deya közda yoş bilan hikoya qiladi hujumdan omon qolganlardan biri, 14 yoşli Ibrohim.
Şu bilan birgalikda, Isroil armiyasi xabar qilişiça, çorşanba kuni keçqurun millionlab isroilliklar bombapanalarga yaşirinişga majbur bölişgan.
Jerusalem Post gazetasi korrespondenti Anna Aronxaym BBC bilan suhbatda aytişiça, seşanba kuni keçqurun u özining beş oylik çaqaloği bilan bombapanaga tuşib, jon saqlaşga majbur bölgan. «Yuzlab raketalarni tutib qolişayotgani, ammo ularning ayrimlari atrofga tuşayotganini köriş va eşitiş dahşat edi», deydi u.
Bundan taşqari, çorşanba tongida Isroil armiyasi harbiy xizmatçisi Omer Tabib qurbon bölgan - u Ğazo sektoridan tankka qarşi raketa uçirilişi qurboniga aylangan.
Lod şahrida raketa avtomobil ustiga tuşgan, natijada Isroil fuqarolari bölgan ikki arab halok bölgan.
Xalqaro maydonda qanday reaksiya bölmoqda?
BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş hududda zöravonlik darajasi oşişi munosabati bilan «çuqur qayğuda» ekanini bildirdi. BMT Xavfsizlik kengaşi Yaqin Şarqdagi voqealar yuzasidan maxsus yiğiliş ötkazgan bölsa-da, u qandaydir bayonot qabul qilmadi.
AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Netanyaxu bilan telefon muloqoti çoğida HAMAS tomonidan qilinayotgan zöravonlik holatlarini keskin qoraladi, ammo şu bilan birgalikda, Isroil tinç aholi orasida qurbonlarga sabab bölişdan qoçişi lozimligini qayd etdi. Hududga tez orada Blinkenning örinbosari Hodi Amr yöl olişi, u bu yerda ikki tomon vakillari bilan ham uçraşuv ötkazişi kutilmoqda.
Moskva esa Yaqin Şarq kvartetining (AQŞ, YeI, BMT va Rossiya) navbatdan taşqari yiğilişini çaqirişga çaqirmoqda.
Rossiya TIV taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanovning HAMAS siyosiy byurosi raisi örinbosari Muso Abu-Marzuq bilan ötkazgan telefon muloqoti mazmunini keltirdi. Unda «agar xalqaro hamjamiyat Isroilni Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjididagi zöravonlik harakatlarini hamda mamlakatdagi arablarga qarşi harakatlarni töxtatişga köndirsa, HAMAS ham Isroilga qarşi har qanday harbiy harakatni bas qilişga tayyorligi» keltirilgan.
Zöravonlik kuçayişiga nima sabab böldi?
Köp yillik arab-isroil ziddiyatidagi navbatdagi keskinlikka bu safar ham yahudiylar uçun ham, musulmonlar uçun ham, xristianlar uçun ham muqaddas sanaladigan Quddus şahri sabab böldi. Ötgan haftada şaharda Isroil politsiyasi va falastinliklar örtasida töqnaşuvlar boşlangandi.
7 may kuni Isroil sudining qaroriga binoan Ma'bad toğlari yaqinidagi «Şayx Jarroh» mahallasidan arab oilalarini majburan köçirib yuborişga harakat boşlangaç, tartibsizliklar yuzaga keldi.
Namoyişlarning yana bir sababi esa şahar rasmiylari musulmonlarga 10 may — Quddus kuni nişonlanadigan sanada islom dinining uçinçi muhim ziyoratgohi bölgan Al-Aqsoga taşrif buyurişni taqiqlagani böldi. Quddus kuni 1967 yilgi olti kunlik uruşdan söng şarqiy Quddusning Isroil nazorati ostiga ötişini yodga oliş kuni hisoblanadi. Bu yil Quddus kuni musulmonlarning muqaddas Ramazon oyiga töğri keldi.
Duşanba tongida yuzlab falastinliklar Isroil xavfsizlik kuçlari xodimlarini toşböron qila boşladi. Politsiya şovqinli granatalar, közdan yoş oqizuvçi gaz va rezina öqlar qölladi. Dastlabki töqnaşuvlarda ikki tomondan 300dan ortiq kişi yaralandi.
Köp ötmay Falastin hududidan raketalar otila boşladi. Isroilning turli hududlari böylab amalga oşirilgan hujumlar uçun javobgarlikni HAMASning harbiy qanoti - «Al-Qasam» bölinmasi öz zimmasiga oldi. Falastinliklarning yana bir taşkiloti «Islom jihodi» ham Isroil hududi raketalar yönaltirgani haqida ma'lum qildi.
Şundan keyin Isroil tomoni ham javob zarbalari berişni boşladi.