Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida sodir bölgan mudhiş yöl-transport hodisasi oqibatida 7 kişi vafot etgan. Vafot etganlar orasida 1 va 4 yoşli bolalar ham bölgan. Bu haqda Kasbi tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 8 may kuni soat 22:10larda Qaşqadaryo viloyatida davlat ahamiyatidagi 4R92 Qarşi — Talliqörğon — Kasbi — Jyeynov avtomobil yölining Kasbi tuman Toşqörğon mahallasi hududidan ötuvçi 26-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq mudhiş yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, katta tezlikda harakatlangan «VAZ 21-01» maşinasi va yölning qarama-qarşi tomonidan katta tezlikda harakatlanib kelayotgan «Neksiya» maşinasi bir-biri bilan töqnaşgan. Oqibatda, har ikkala maşinada bölgan 7 nafar odam oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Yana ikki kişi şifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlarning ikki nafari yoş bola, 1 va 4 yoşdagi gödaklar bölgan. Qolganlar ham hali qirqqa kirmagan şaxslar bölgan.

Ta'kidlanişiça, 13 may kuni mazkur YTH viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, IIV YHXBB boşliğining birinçi örinbosari J.Karimov, viloyat IIB boşliği Ş.Sotvoldiyev, Kasbi tuman hokimi T.Meyliyev, tuman sektor rahbarlari, mahalla raislari va faollari hamda marhumlarning yaqinlari iştirokida muhokama qilingan.
Qaşqadaryoda rulda uxlab qolgan haydovçi va uning qizi yöl-transport hodisasi tufayli vafot etdi
Qaşqadaryoda uçta maşina iştirokida sodir bölgan YTHda ikki kişi vafot etdi












