– Murodjon aka, yoşingiz neçada, nima sabab bölib oyoqlaringiz harakatlanmay qolgan?
– 1973 yilda tuğilganman. Bolaligimda qizamiq kasalligiga çalinganman. Ota-onam aytib berardilar: 1,5 yoşimda devorlarga suyanib yura boşlaganman va qizamiq kasalligiga çalinganimdan keyin doktorlar kelib, «vanna qiling», deyişgan. Onam vanna qilganlaridan keyin, Allohning irodasi bilan umuman yurolmay qolgan ekanman. Ota-onam ötib ketişgan. Oilada 5 qiz, bir öğilmiz, eng kiçigi menman. Otamning közi ojiz bölgan. Onam savob uçun ularga turmuşga çiqqanlar. Onamning özi soğlom bölganlar. Otam 20 yil mobaynida töşakka mixlanib qolgandilar va onam ularni ana şu yillar davomida parvarişlaganlar.
– Özingizga iş jadvali ham tuzib olgan bölsangiz kerak?
– Aravaçada yuraman, özim çiqib ketaman, uyga qaytganimda eşikni oçib berişadi, özim kiraman. Masjidga ham öşa aravaçada boraman. Iş grafigim oddiy, ertalab namozdan söng çiqib ketaman, tuşlikda soat birda uyda bölaman. Asr namozini öqib bölib yana şomgaça işlayman, keçqurun işga çiqmayman. Juma kuni dam oliş...
Bir kunda toza 100 ming söm topaman, şukr, tirikçiligimga yetadi, kimgadir oğirligim tuşmaydi. Onam hayotlik paytlarida hamma “pat-pat” deydigan maşinaga [motokolyaska] navbatga yozdirib qöygandilar. Sobiq SSSR payti edi. «Zaporojyets» maşinasiga ham navbatga yozdirganlar. Şu bilan SSSR tarqalib ketdi, maşina ham ololmadik. Kosiblik sexi bor edi, bizning uyimizda ustalar ijarada turib işlaşardi. Öşalar bilan birga oyoq kiyim tikib, 2 ming dollar pul yiğib, birinçi maşinam – «Tiko»ni olganman. Uni 10 yil haydadim, undan söng «Nexia» haydadim. Tirikçiligim asosan, mana şu kirakaşlikdan. Özimni özim ta'minlayman.

Körib turganingiz törtinçi maşinam. «Tiko»ni olganimda ikki yil uyda turgan. Çunki qölga moslaştira olmaganman, ustasini topa olmaganman. Va nihoyat ustasini topdim va hammasini qilib berdi.
– Nega lavha suratga olamiz deganimizda yuzingizni körsatişni xohlamadingiz? Axir biz sizni ibrat qilib körsatişimiz kerak. Hozirgi kunda soğlom böla turib, birovga boqimanda bölib ötirgan insonlar ham yöq emas oramizda. Siz esa hayotga optimistik köz bilan qaraysiz.
– Töğri aytasiz, bir odamga bölsa ham ibrat böliş kerak, albatta. Lekin yuzimni körsatişni xohlamaganligimning ham öziga yaraşa sabablari bor. Aslida, meni köpçilik taniydi. Mahallada, boşqa joylarda... Endi ibrat olaman degan inson olaveradi. Öziga boğliq. Toşkent böyiça nogiron holida avtomobil boşqarayotgan bitta men emasman, bor bunday yigitlar. Ustalar taniydi, aytib qolişadi. Qolaversa, öz holatimni körsatişdan andişa bor edi...
















