Qoraqalpoğiston YXHB matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, voqea 11 may kuni sodir bölgan. Nukus-Törtköl yölining 225 kilometri (Çilpiq yodgorligi qarşisi)da Cobalt, Nexia va Damas özaro töqnaşib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kişi halok bölgan.
Cobalt’dagi 1 nafar yölovçi, Nexia’dagi 4 nafar yölovçi va Damas haydovçisi voqea joyida jon bergan. Nexia va Cobalt haydovçilari şifoxonaga yotqizilgan. Ularning holati böyiça ma'lumot yöq.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Bundan avvalroq 8 may kuni Qaşqadaryo viloyati Kasbi tuman «Toşqörğon» mahallasi hududidan ötuvçi 4R-92 Qarşi—Talliqörğon—Kasbi—Jyeynov avtomobil yölining 26 kilometrida sodir bölgan YTH oqibatida 7 kişi halok bölgani xabar qilingandi.
Şuningdek, 10 may kuni Farğona viloyati Yozyovon tumani hududida ikkita Cobalt avtomaşinasi töqnaşişi 6 kişining hayotiga zomin bölgan.













