Özbekiston va Tojikiston örtasidagi köp qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.

Davlat rahbari ikki mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi va qat'iy sa'y-harakatlari tufayli özaro hamkorlikda erişilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Qohir Rasulzoda Özbekiston prezidentiga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda savdo, maşinasozlik, energetika, qazib oliş sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, transport, turizm va soğliqni saqlaş sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi. Şuningdek, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlar hamda madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlari davom ettiriladi.
Tojikiston Boş vaziri ikki davlat rahbarlarining bölajak sammitiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik körişga, şuningdek, birodar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi keng kölamli şeriklikni mustahkamlaşga bor kuç-ğayratini qaratişini ta'kidladi.












