Farğona viloyatining Özbekiston tumanida joylaşgan «Örta» MFY, Toş qişloği hududidan oqib ötgan Katta Farğona kanaliga 25 aprel kuni voyaga yetmagan, 2-sinf öquvçisi Abdurahim ismli yigitça çökib ketgan.  

Kun.uz’ga xabar bergan Ravşanjon Şomatovning aytişiça, kanalga çökib ketgan Abdurahimning jasadi oradan töqqiz kun ötib, ya'ni 4 may kuni soat 16:30 larda, çökib ketgan joydan 5 km uzoqlikda topilgan. 

«Mas'ul idoralar, içki işlar xodimlari, köpçilik bölib izladik. Afsuski, topa olmadik. Qarangki, seşanba kuni suvning özi jiyanim tanasini suv yuziga olib çiqib qöydi. Çökib ketgan joyidan 5 km uzoqlikdan çiqdi. Öşa atrofda yurgan suvçilar körib qolibdi», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan R.Şomatov. 

Ta'kidlanişiça, marhum bolakay Abdurahim sakkiz yoşda bölib, 2-sinf öquvçisi bölgan.  

Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati bilan boğlanişning imkoni bölmagan. Şu sababli voqeaning asl sabablari hozirça noma'lum.

Kun.uz marhumning oila a'zolari va yaqinlariga sabr tilaydi.