— Bizning muzey 1926 yilda taşkil topgan bölsa, öşa davrdagi geologlarimizning yiğgan birlamçi toş namunalari bir xonada asta-sekinlik bilan yiğilib, mana hozirgi davrga kelib geologiya muzeyi oliy toifali muzeylar qatoridan joy oldi.

Muzeyning eng birinçi xususiyati – bu muassasa soha muzeyi hisoblanadi. Geologiya qanaqa fan, nimani örgatadi, nima beradi kabi juda köplab savollarga javobni uşbu muzeydan topsa böladi. Bugungi kunda muzeyning 12ta körgazma zali bölsa, har bir zalning öz nomi, tuşuntirib beradigan yönalişi bor.

Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedşayev

Ma'lumki, geologiya – yerni örganuvçi fan. Özbekistonda Mendeleyev davriy jadvalida mavjud elementlarning taxminan 90 foizi topilgan. Töğri, bular hammasi ham katta miqdorda emas. Özbekiston joylaşgan yer şunçalar boyki, yuqorida aytganimdek, hamma ma'danlardan bor. Masalan, oltin, uran, mis, qörğoşin, volfram va şu kabi juda köplab ma'danlar.

Endi ötmişga bir nazar qilsak, bizning hududda yaşab ötgan insonlar bu boyliklardan foydalanganmi, toğ-kon sanoati rivojlanganmi degan savol paydo böladi. Qadimgi tarixda islom yetib kelmasdan avval bu hududlarda konçilik rivojlangan bölgan. 3,5 ming yil avval ota-bobolarimiz tillani eritib asbob yasagan. Boşqasini gapirmasa ham böladi.

Bugun yoşlarni ilmga qiziqtirişga tarğib qilinyapti, men öylaymanki, yoş avlod mana bu kabi muzeylarni körişi va töla ma'lumotga ega bölişi kerak. Muzeyga taşrif buyuruvçilarni analiz qiliş natijasida şu narsa kelib çiqadiki, ularning 70 foizi – boğça bolalari va maktab öquvçilari. Kimdir söraşi mumkin, boğça bolasi bu yerda nimani köradi? Ular uçun eng qiziq narsa bu – dinozavrlar. Bizda şunday zal bor, u yerda dinozavrlar olami haqida tasavvur paydo qiliş mumkin.