Prezident Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston hukumati vakillari Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Bahodir Yöldoşev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Milliy teatr san'atimiz va madaniyatimiz rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk va betakror iste'dod sohibi, atoqli rejissyor, ustoz san'atkor, Özbekiston Respublikasi san'at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunoviç Yöldoşev şu yil 16 may kuni 76 yoşida vafot etdi.

B.Yöldoşev 1945 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahrida san'atkorlar oilasida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent teatr va rassomçilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi böyiça tahsil oldi.

Mehnat faoliyatini Özbek davlat akademik drama teatri (hozirgi Özbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boşladi. Özining şonli an'analariga ega bölgan mazkur ijodiy dargohda tez orada öziga xos yorqin uslubi va ijodiy prinsiplariga ega bölgan mohir rejissyor sifatida şakllandi. Yigirma yetti yoşida uşbu nufuzli teatrga boş rejissyor va badiiy rahbar etib tayinlandi. Ön uç yil davomida jamoada işçan ijodiy muhit yaratiş, teatr repertuarini zamonaviy hamda mumtoz milliy va xorijiy asarlar bilan boyitiş, iqtidorli iste'dod egalarini tarbiyalaşga ulkan hissa qöşdi.

1984-2004 yillarda Abror Hidoyatov nomidagi Özbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida samarali faoliyat körsatdi.  

San'atni çin dildan sevgan, unga sadoqat bilan xizmat qilişni öz hayotining ma'no-mazmuni deb bilgan yorqin iste'dod sohibi özbek rejissyorlik san'atida öz ijodiy maktabini yaratdi. 

B.Yöldoşev tomonidan sahnalaştirilgan “Abu Rayhon Beruniy”, “Ibn Sino”, “Iskandar”, “Nodirabegim”, “Yulduzli tunlar”, “Qora kamar”, “Farmonbibi arazladi”, “Kelinlar qözğoloni”, “Maysaraning işi”, “Çeça”, “Arşin mololon” kabi önlab dramatik asarlar millionlab san'at muxlislarining qalbidan çuqur joy olib, teatr san'atimizning “oltin fondi”dan örin egalladi. Uşbu asarlarning aksariyat köpçiligi çet ellarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyiş etildi.  

Milliy teatr san'atimizni yangi ğoya va talqinlar, betakror asarlar bilan boyitiş haqida tinimsiz izlanib yaşagan B.Yöldoşev maydon tomoşalari, ommaviy madaniy tadbirlarni sahnalaştiriş böyiça nafaqat respublikamiz, balki xorijiy mamlakatlarda ham e'tirof etilgan, badiiy tafakkuri nihoyatda keng, öz kasbining çinakam ustasi va fidoyisi bölgan atoqli ijodkor edi.  

Ulkan iste'dod sohibi B.Yöldoşevning ijodiy faoliyati, taşkilotçilik salohiyati ayniqsa mustaqillik yillarida yorqin namoyon böldi. Mustaqillik va Navröz umumxalq bayramlari hamda yurtimiz va çet ellarda katta şuhrat qozongan “Şarq taronalari” musiqa festivalini, maqom va baxşiçilik, milliy hunarmandçilik san'atlariga bağişlab ötkazilgan xalqaro anjumanlarning badiiy dasturlarini yaratiş borasida özini ayamasdan, fidokorona xizmat qilganini xalqimiz, madaniy jamoatçiligimiz yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.