Farğona viloyati Danğara tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi direktorining öquv işlari böyiça örinbosari lavozimida işlagan O.H. ustidan sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, O.H. 2017 yildan Danğara tumanidagi sobiq transport kasb-hunar kollejining öquv işlari böyiça direktor örinbosari vazifasida işlab kelib, kollejda taşkil etilgan pedagog-xodimlarga öquv va pedagogik yuklamalarni taqsimlaş böyiça tarifikatsiya komissiyasi a'zosi hisoblangan.

U öqituvçilarga dars soatlarini taqsimlaş vazifasini bajargan holda mazkur vakolatidan özining şaxsiy manfaatlari uçun foydalanib, korrupsion yöllar bilan noqonuniy boylik orttirib kelgan.

Direktor örinbosari sobiq kollej öqituvçisi S.U.ga 2018—2019 öquv yilida 818 soat öquv dars soatlarini taqsimlab berganlik evaziga 2018 yilning sentabr—dekabr oylarida 400 ming söm va takroran 2019—2020 öquv yilida unga 180 soat qöşimça öquv dars soatlari qöşib beriş evaziga 2019 yilning noyabr oyida 445 ming söm miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan. 

Keyingi öquv yilida esa S.U.ning dars soatlari kamayib ketgan. Natijada öqituvçi hamda direktor örinbosari örtasida kelişmovçilik bölgan. Direktor örinbosari O.H. pora sifatida olgan pullardan 500 ming sömini Danğara tuman 2-son kasb-hunar maktabi binosi yaqinida S.U.ga qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qölga olingan. 

Jinoyat işlari böyiça Danğara tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat işi körib çiqilib, O.H.ga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qöllab, 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş, JKning 57-moddasini qöllab, tört yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Jazoni tayinlaşda, uning qilmişidan puşaymonligi, uç nafar farzandi borligi, ayolligi inobatga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada 200 dollar pora bilan qölga tuşgan boğça mudirasiga jazo tayinlangani haqida xabar berilgan edi.