Rasmiy relizga köra, Özbekistonda mavjud 30 mingga yaqin standartning 19 mingtasi xalqaro normalar bilan uyğunlaştirildi va xalqaro standartlar reyestri şakllantirildi.

Eskirgan, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta'sir körsatadigan 5 600 ta standart amaliyotdan çiqarildi, 3 500 tasi zamon talablari asosida takomillaştirildi. Xalqaro analoglarga muvofiq qöşimça 26 ta texnik reglament işlab çiqildi.

Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi 260 ta korxonada «Global G.A.P.» hamda «Organic» standartlari asosida sifat tizimi joriy etildi va ular xalqaro darajada sertifikatlaştirildi.

32 ta töqimaçilik korxonasi «Oeko-Tex» standarti asosida sertifikatlaştirildi. 21 ta korxona Yevropa Ittifoqida talab etiladigan «Se» markirovkasini tasdiqlovçi sertifikat oldi.

Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib, çet ellardan keltirilayotgan mahsulotlar sifati ham örganib borilmoqda.

Şu bilan birga, işlab çiqarişda, esport va import jarayonlarida standartlar bilan boğliq yana köplab vazifalar bor. Ayrim tartib-taomillar tadbirkorlarga qiyinçilik tuğdirmoqda.

Taqdimotda şu masalalarni hal etiş, sohadagi tartiblarni takomillaştiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.

Masalan, bugungi kunda 3 400 turdagi mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda.

Davlat rahbari mutasaddilarga sanitariya-epidemiologik xulosa olinadigan mahsulotlar röyxatini maqbullaştiriş, qöşimça muvofiqlik sertifikati talabini bekor qiliş masalasini körib çiqiş böyiça topşiriq berdi.

Import mahsulotlar sinovi bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida amalga oşirilib, bunga 60 kungaça vaqt ketmoqda. Şu bois, bu boradagi hujjatlarni kamida 30 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylaştiriş tizimini yölga qöyiş vazifasi belgilandi.

Qayd etilişiça, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barça turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalaş orqali tasdiqlanadi.