18 may kuni BMT Boş assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Şavkat Mirziyoyevning taklifiga köra Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qiliş töğrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 23 sentyabrda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi davomida global iqlim özgarişlari va Orolböyi hududidagi vaziyatga töxtalib ötgandi.
«E'tiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurişining halokatli oqibatlariga qaratmoqçiman. Orolböyi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxşilaş uçun bu yerda ikki million gektar yangi ösimlik maydonlari va daraxtzorlar yaratiş, tuproq qatlamini şakllantiriş böyiça ulkan işlarni amalga oşirmoqdamiz.
Mamlakatimiz taşabbusi bilan Orolböyi mintaqasi uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, uşbu fond oğir ekologik hududda yaşayotgan aholiga amaliy yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyatning tayanç platformasi bölib xizmat qiladi.
Biz Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş haqida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz. Uşbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qiliş va tiklaş kuni sifatida nişonlaş maqsadga muvofiq bölardi», degandi Özbekiston prezidenti.

















