Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denovda xalq noroziligiga qaramay kesib ketilayotgan quvurlar talon-toroj qilinyaptimi?
Denov tumani Oxunboboyev SIU hududidagi 6 ta mahallaga tabiiy gaz yetkazib berish uchun o‘rnatilgan quvurlarning 1,5 km qismi kesib ketilgan. Quvurni kesib ketganlar o‘zlarini «Hududgaz Surxondaryo» GTF xodimlari, deb tanishtirgan.
Avvalroq, Namozgoh mahallasi hududidagi gaz quvurlari ham demontaj qilingan edi. Quvurlarni kesib ketish holatlari Surxon Diyor mahallasida ham kuzatilgan.

Ta'kidlanishicha, Denov tuman hokimligi vakili suv quvurlarini kesib olish bo‘yicha kelib chiqqan tortishuvda aholini bu ishlarga aralashmaslikka chaqirgan.
Denov tumani Obodon mahallasida esa quvurlarni kesish uchun borgan shaxslarga aholi norozilik bildirgan. Natijada tuman hokimligidan vakil chaqirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Surxon Diyor mahallasidan kesib ketilgan quvurlar talon-toroj qilinib, bir qismi Andijon viloyatiga noqonuniy ravishda sotilgan bo‘lishi mumkin. Qolgan quvurlar esa xususiy omborxonada saqlanayotgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:04 / 30.04.2026
Denovda o‘lim bilan tugagan zo‘ravonlik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
09:27 / 07.04.2026
Denovda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi
11:12 / 14.01.2026