Falastinning yangi qarşiligi Isroilni eski sahifalarga qaytişga majbur qiladimi?
|04:00 / 21.05.202117 49712 min
Ğazo sektorining qamal şaroitida qolişi, Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusdagi davomli bosqinlar, 1948 yildan boşlab isroillik arablarga ikkinçi darajali inson sifatida qaray boşlangani… – garçi bularning bari şiddatli töqnaşuvlar uçun umumiy sabablar bölsa-da, sönggi voqealar rivojida butun boşli Falastinni oyoqqa turğizgan omil Quddus böldi.
Geografik jihatdan bir-biridan ajratilgan, siyosiy jihatdan bölinib ketgan va Falastinni ozod qiliş taşkiloti (FHO) asosidagi markaziy yetakçiligini yöqotgan Falastinning barça qismlari yana özaro birlaşişga kirişdi.
Şarqiy Quddusning Şayx Jarroh mahallasidagi falastinlik oilalarni çiqarib yuborişga uriniş harakatlari, an'anaviy yiğiliş maydonining Ramazon oyida yopilişi, Isroil politsiyasining Al-Aqso masjidiga hujum qilişi va radikal kayfiyatdagi yahudiylarning «Arablarga ölim» şiori bilan Quddusdagi Haram-uş Şarifga qilgan yurişi 10 mayda boşlangan töqnaşuvlarning kundalik sabablari edi.
Endilikda harbiy nuqtayi nazardan Isroilga qarşi «tösiq» yaratiş imkoniyatiga ega bölgan, ijtimoiy jihatdan tom ma'noda oyoqqa turişni ifoda etuvçi yangi kuç dunyoga kelmoqda. Neça yillar davomida işğol va aparteid amaliyotlarini Ğazoning hukmron kuçi bölgan HAMAS hamda uning timsolidagi «islomiy terrorizm»ga boğlab kelgan Isroilning xatti-harakatlari endi heç bir ramkaga siğmay qoldi. Bu holat esa hatto uning klassik tarafdorlari orasida ham jiddiy bahslarga sabab bölmoqda.
Qöşma operatsiya tarkibida kimlar bor?
Qarşilikning asosiy nuqtasi bölgan Ğazoda xuddi avvalgidek bu safar ham HAMAS va «Islomiy jihod» rahbarligidagi qöşma operatsiya taşkil etildi.
Qöşma markazda HAMASning qurolli qanoti Izziddin Qassam brigadalari, «Islomiy jihod»ning Quddus brigadalari, Falastin xalq ozodlik fronti (FHKC)ning Abu Ali Mustafo brigadalari, Mujohidlar brigadalari, Nidal al-Amudi bataloni, Nosir Salohiddin brigadalari, Falastin demokratik ozodlik jabhasiga qaraşli Milliy qarşilik körsatiş brigadalari, Ensar brigadalari, Abdulqodir al Husayniy brigadalari, Şahid Jihod Jabroil brigadalari, Şahid Eymen Kud guruhlari va Böron armiyasi örin olgan.
Qöşma operatsiya markazi Isroilga berilayotgan raketa zarbalariga «Quddus qiliçi» deb nom berdi.
Qarşilik körsatiş kuçlarining qöşma operatsiya markazi ilk bor 2006 yilda taşkil etilgan. 2014 yilda Isroilning «Himoya liniyasi operatsiyasi»ga qarşi 12ta taşkilot birlaşadi. 2018 yilda esa uşbu birlaşma «Falastinlik qarşilik körsatiş guruhlarining umumiy xonasi» nomi ostida rasmiylaştiriladi.
Uşbu 12 taşkilot ilk bor ötgan yilning dekabr oyida havo, dengiz va quruqlik elementlari birligida harbiy maşğulotlar ötkazdi. Uşbu maşqlarda uçuvçisiz havo vositalaridan ham foydalanildi. Falastin manbalariga köra, köplab masalalarda, şu jumladan, sohaning bölişilişi va raketa uçiriş moslamalarini joylaştiriş böyiça samarali muvofiqlaştirişga erişilgan.
Mavzuga oid
2007 yilda HAMAS tomonidan Ğazodan quvib çiqarilgan Fathning qurolli qanoti – Al-Aqso şahidlari brigadasi oğzaki va'dasiga qaramay, operatsiya kuçlari tarkibidan joy olmadi. Qöşma kuçlar tarkibidan örin olgan Nidal al-Amudi bataloni, Nosir Salohiddin brigadalari va Mujohidlar brigadalari Oslo şartnomasidan va qurollarni taşlab, Falastin ma'muriyatining xavfsizlik kuçiga aylanişdan boş tortgan Al-Aqso şahidlari brigadasidan ajralib çiqqan Fath kadrlari tomonidan taşkil etilgan.
2018 yilda sulh bitimini ta'minlagan kelişuv Isroilga Ğazo eşiklarini nazorat ostida oçiş va maoş tölaş uçun Qatarga HAMASga pul olib keliş imkoniyatini berayotgandi.
Şu bois, HAMAS 2019 yil noyabr oyida «Islomiy jihod» rahbari Baho Abu al Atta va uning rafiqasini öldirgani uçun Isroildan qasos oliş maqsad qilingan «Tong şovqini» operatsiyasida qatnaşmadi.
Kelişuvda vositaçi bölgan Misr bilan qarama-qarşi bölişni istamagan va Isroil bilan kuraşni bemavrid deb bilgan HAMAS pul oqimi töxtamasligi uçun qarşilik harakatini susaytirganlikda ayblandi. Qatar şu paytgaça HAMASga 1,8 milliard dollar bergan.
Raketa zaxirasi qanday paydo böldi?
Uşbu uruşning eng köp muhokama qilinayotgan mavzularidan biri Ğazodan otilgan raketalar masofa, aniqlik va ta'sir jihatidan nisbatan ilğorlik kasb etayotganidir.
Ğazodagi taşkilotlarning qurollanişi, ayniqsa, raketa işlab çiqariş salohiyatini oşirişida Eronning hissasi katta. 1988 yilda Isroil mavjudligini tan olib, zöravonlikni rad etganidan söng özgarişga uçragan va Oslo kelişuvidan keyin «tişlari tökilib tuşgan» «Fath»ning örnini tezda boşqa radikal taşkilotlar töldirdi.
Eronning iştiroki esa raketalar masalasida muvozanatni yuzaga keltirdi.
Suriya va Livandagi «Hizbulloh» iştirokidagi yuk taşiş va harbiy-texnik tayyorgarlik masalasida ham Eron muhim rol öynadi. Sönggi bir neça yil davomida Isroil Suriyadagi Eron aktivlariga havo zarbalari beriş orqali uşbu ta'minot liniyasining yanada rivojlanib ketişiga yöl qöymaslikka harakat qilmoqda.
2006 yilgi uruşdan keyin Livan uçun işlatilgan ogohlantiriş muddati sönggi uruşda Ğazo uçun ham e'lon qilinmoqda. Mutaxassislarning fikriça, bir hafta içida 3 mingga yaqin raketa işlatayotgan Ğazo uruşni şu tarzda bir yoki ikki oy davom ettirişi mumkin.
Bu – öyin qoidalarini özgartiruvçi yangi haqiqat. Isroil manbalariga köra, HAMASning zaxirasida 5-6 ming, «Islomiy jihod»ning zaxirasida esa 8 ming raketa mavjud. Ba'zi manbalarda raketalarning umumiy soni 30 mingni taşkil etişi aytilmoqda. Haqiqiy raqamlarni biliş esa imkonsiz.
Ğazodagi Izzeddin Qassam brigadalarining harbiy kuç jihatidan ustunligini Quddus brigadalari ta'qib etmoqda. Söl guruhlar, xususan, FHKC ham Eronga eng yaqin guruh bölgan «Islomiy jihod» orqali qurol oladi.
Sönggi paytlarda FHKC’ning Eron bilan töğridan töğri aloqalari kuçaydi. FHKC’dan taşqari, söl tomondan qurolli qarşilik körsatişda qatnaşganlar qatorida Falastin demokratik ozodlik jabhasi va Nosir Salohiddin brigadalarini ham sanab ötiş mumkin.
HAMAS bilan «Islomiy jihod» hozirda öz yer osti inşootlarida raketa işlab çiqariş uçun yetarliça ixtisoslaşgan bölib, çet elga qaramlik kamaygan. Suriyadan olingan tanklarga qarşi ba'zi qurollar esa Misrning Sinay yarim orolidan Ğazoga tunnellar orqali kiritiladi. Avval uşbu maxfiy yölda Sudan ham bor edi.
Ğazodan Isroilga hujum qilişda hozirga qadar Qassam (10 km), Quddus 101 (16 km), Grad (55 km), Sijjil (55 km), Fajr (100 km), Badr 3, M-75 (75 km), SH- 85, J-80 (80 km), J-90 (90 km), R-160 (120 km), A-120 (120 km), Suriyada işlab çiqarilgan M-302 (200 km) va Ayyaş 250 (250 km) raketalari, şuningdek, kamikadze dronlari va kornetlardan foydalanildi. Aşdod, Aşkelon, Dimona, Negev, Bir Şeba, Lod, Ramle, Quddus, Tel-Aviv şaharlari, şuningdek, Ben Gurion aeroporti nişonga olindi.
HAMASning raketa poligonlari
Manba: Isroil mudofaa kuçlari (IDF)
HAMAS va «Islomiy jihod»dan taşqari boşqa taşkilotlar foydalanadigan raketa/minomyot oraliği faqat Aşkelon-Aşdodga yetib borişi mumkin. Falastinlik manbaning hisob-kitoblariga köra, Isroilga otilgan raketalardagi HAMASning uluşi 45-50 foizni, «Islomiy jihod»ning uluşi 35-40 foizni, boşqa taşkilotlarniki esa 10-15 foizni taşkil qiladi. Qarşilik körsatişning fuqarolik qanotida ham har bir taşkilot alohida örin tutadi. Masalan, sölçi guruhlar soğliqni saqlaş sohasida ajralib turadi.
Falastinliklar öyin qoidalarini özgartira oladimi?
Endilikda ham harbiy natijalar, ham ijtimoiy safarbarlik nuqtayi nazaridan yangi manzara paydo böldi. Raketalarning kamida 10 foizi «Temir gumbaz»ni teşib ötayotgani, ayniqsa, davomli öq otişlarda qalqonning işlaş tezligi pasayayotgani, 2014 yilgi uruş bilan taqqoslaganda, raketalarning uçiş masofasi, zarbasi va kuçi oşgani, neftni qayta işlaş zavodi, port, aeroport kabi muhim strategik obektlarga jiddiy zarar yetayotgani ziddiyatning yangi bosqiçiga işora qilmoqda.
Ançadan beri Ğazoga zarba berar payt yoki Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusdagi keskinliklar avj olganda Isroil öz hududidagi arablarining fuqarolik itoatsizligi kabi jiddiy muammolarga duç kelmagandi. Masala Quddusga borib taqalgaç, 1948 va 1967 yillar çegaralaridagi falastinliklar birlaşdi.
Yaffa, Akka, Lod, Ramle, Nazaret, Bir Şeba, Sefa Amr, Umm-ul Fehm, Kafr Kanna va Kafr Manda singari köplab joylarda namoyişlar va fuqarolar uruşiga öxşaş zöravonlik hodisalari sodir böldi. Bu esa Quddusga qadam qöyayotgan Isroilning boş qotirişi kerak bölgan yangi qarşilik tomiriga aylandi.
Garçi tengsizlik, repressiya va ta'qiblar bosimi ostida qolgan bölsa-da, 1948 yil çegaralaridagi falastinliklar Isroil fuqaroligini olgan, öz partiyasini tuzgan va hattoki 2019 yil apreldan beri ötkazilgan 4 saylovda mos ravişda 10, 13, 15 va 10 nafar deputat bilan Isroil parlamenti Knessetda uçinçi blok böla olgan xalqdir.
Aholisi 1,8 milliondan oşgan falastinlik arablardan Isroil ğalayon kutmagan edi. Sodir bölayotgan voqealar Falastinning boşqa qismlari bilan özaro aloqalarni kuçaytiradi, HAMAS, şuningdek, boşqa taşkilotlarning ta'sir doirasi oşadi va oxir oqibat, Isroilni eski sahifalarga qaytaradi, degan taxminlar yangramoqda.
Umumiy fikr şundan iboratki, yoşlar boşçiligidagi qözğolon taşkiliy emas, balki töplangan ğazabning portlaşi natijasi edi. Biroq bundan keyin 1948 yil çegaralaridagi Ğazo taşkilotlarining prognozlari yanada aniqroq bölişi mumkin. Isroil esa hibsga oliş kampaniyasi bilan heç kimning uyğonişiga yöl qöymasligini allaqaçon namoyiş etib ulgurdi.
Şarqiy Quddusdagi qarşilikning profili biroz boşqaça. Ğazodagi taşkilotlarning kengayişi bu yerda qadimdan mavjud. 1967 yilgi bosqindan keyin qöşib olingan Şarqiy Quddusdagi falastinliklar Isroil huquqiy tizimiga fuqarolik aloqalari bilan emas, balki yaşaş kartalari bilan kiritilgan. Isroil hozirga qadar turli sabablarga köra 14 ming 500 falastinlikning yaşaş kartasini bekor qildi. Uşbu qarorlar «falastinliklardan tozalaniş» siyosatining bir qismi sifatida körilmoqda.
Qurolli taşkilot bölmagan Şarqiy Quddusda falastinliklar fuqarolik qarşiligi bilan Isroilni ba'zi masalalarda orqaga qadam taşlaşga majbur qildi.
Şarqiy Quddusdagi qarşilik yönalişida qurolli özgariş kutilmayapti.
Biror narsani oldindan aytib bölmaydigan hudud – Ğarbiy Sohildir. Bu yerda Isroil askarlari va köçmançilar bilan çambarças boğliq bölgan falastinliklar ikki tomonlama nazorat ostida yaşaydi. Falastin ma'muriyatiga qaraşli xavfsizlik kuçlari Oslo kelişuvi asosida Şin Bet bilan hamkorlik qiladi.
Qarşilikni taşkillaştirişi mumkin bölgan köplab insonlar uşbu hamkorlik natijasida hibsga olindi.
Garçi Ğarbiy Sohilda Ğazodagi taşkilotlarning kengaytmasi mavjud bölsa-da, ular unça közga taşlanmayapti. Ehtimol, bu yerda zöravonlikni rad etgan va qurolsizlaniş şartlariga rioya qilgan «Fath»ning içida muqobil paydo bölişi ham mumkin.
Al-Aqso şahidlari brigadasi bir neça bor qurol bilan qarşilik körsatganiga qaramay, ular bostirildi. Agar Ğazoga qarşi operatsiya çözilsa, Mahmud Abbos ma'muriyati Ğarbiy Sohildagi öz nazoratini yöqotişi mumkin.
Uşbu notinçliklarning barçasi Isroilning arab davlatlari bilan öz bahorini boşdan keçirgan davrga töğri keldi. Bu esa Falastin masalasini osonlikça kömib bölmasligi körsatmoqda.