Ular özlariga tegişli reklama qurilmalariga qonunga köra öz mulklarini faqat sud qarori asosida buzib taşlanişi haqidagi eslatmani yozib çiqişdi.
«Uşbu reklama qurilmasi faqat sud qarori asosida demontaj qilinişi (buzilişi) mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli qarori. Hurmatli prezidentimiz bizga yordam bering» – deyiladi şahar böylab ilingan bannerlarda.
Tadbirkorlarning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, keça 19 may kuni Sergeli tumani böylab 5 dona ana şunday banner ilib çiqilgan, lekin ular öşa kuniyoq obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan demontaj qilib yuborilgan.

Tadbirkorlar bugun Toşkent şahri böylab yana 30 ta xuddi şunday bannerni ilib çiqişgan. Ular özlarining mulk huquqi buzilayotgani haqidagi xabarlar prezidentga yetib borişidan va heç bir taşkilot e'tibor qilmayotgan bu qonunbuzarliklar töxtaşidan umidvor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda reklama bilbordlariga keng miqyosli «snos» e'lon qilinişi ortidan tadbirkorlarning taşqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan heç qanday hujjatsiz buzib taşlanayotgani haqida maqola çop etilgandi.
Toşkentda yuzlab reklama bannerlari heç qanday huquqiy asos körsatilmasdan buzib yuborilmoqda
Maqolada poytaxtdagi taşqi reklama biznesi egalarining özlariga mulk huquqi bilan tegişli bölgan, bahosi 300 million sömgaça turadigan 200 dan ortiq reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga köra buzib taşlanayotgani yoritilgan.

Şuningdek, uşbu harakatlardan jabr körgan tadbirkorlar nima uçun özlariga tegişli taşqi reklama obektlari noqonuniy buzib yuborilmoqda deb hisoblayotganliklarini aytişgan.




















