Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu hunarning yaxshi tarafi shundaki, uyda o‘tirib ham daromad topish mumkin - Namanganlik gulchi
Kosonsoylik Husayinova Hurriyat asli o‘qituvchi. U tumandagi maktabda texnologiya fanidan dars beradi, qizlarni kasb-hunarga o‘rgatadi. Qahramonimiz atir sovundan gullar yasaydi. U bu hunarni internet orqali o‘rgangan.
«Bundan 1 yil avval atir sovundan atirgul yasashni boshlaganman. Bu qo‘shimcha daromad. Birinchi uyda ish boshladim, keyin Telegramda guruh ochdim, mana endi do‘kon ham ochdim», — deydi hunarmand.

Hurriyat opa 20 xildan ortiq gullar yasaydi. Hunar ortidan oyiga 4 milliongacha daromad topadi.
«Asosan buyurtmachilar xohishiga qarab tayyorlab beramiz. 2 soatda tayyor bo‘ladigan gullar ham bor, 2-3 kunda tayyorlanadigan gullar ham bor», — deydi u.

Gulchi hozirga qadar 100 dan ortiq shogirdlar chiqargan. Hunarmandning aytishicha, gul yasashni o‘ziga xos qiyinchiliklari bor.
«Sovunni ma'lum miqdordagi haroratda eritish kerak, oshib ketsayam bo‘lmaydi, pastlab ketsayam bo‘lmaydi. Ranglarni bir-biriga qorishtirish ham ancha e'tibor talab qiladi. 2 yilgacha bemalol turadi, hidiyam, o‘ziyam o‘zgarmaydi. O‘qituvchilik orqali o‘rtacha 1 mln daromad topardim, hunar ortidan bundan-da ko‘proq topish niyatim bor. Inshoolloh, niyatimga yetaman», — deydi Hurriyat opa.



Mavzuga oid
12:59 / 08.03.2026
“Yuk mashina boshqarishimga ko‘pchilik ishonmaydi” – oltiariqlik gulchi ayol
12:11 / 16.12.2025
28 mln so‘mlik jarimani “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi
11:15 / 25.09.2025
Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi
14:15 / 24.06.2025