Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denov tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori subsidiyaning bir qismini talon-toroj qilgan bo‘lishi mumkin
Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, Denov tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Umid Shukurov Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan bir necha mlrd so‘m atrofidagi subsidiyani o‘ziga taalluqli bo‘lgan MChJga o‘tkazib yuborgan.
Hozirda Umid Shukurovning ushbu harakati departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan taftish qilinmoqda. Ushbu ish doirasida Denov tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari ham so‘roq qilingan.
Denov tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Umid Shukurovga subsidiyaning bir qismini talon-toroj qilgani bo‘yicha ayblov e'lon qilinishi mumkin.
Hozircha subsidiya sifatida berilgan 400 mln so‘m atrofidagi mablag‘ talon-toroj qilingani tekshirilmoqda.
Ammo ish yakunida ushbu summa katta ehtimol bilan o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
13:33 / 08.06.2026