O‘zbekiston | 14:43 / 22.05.2021
15252
2 daqiqa o‘qiladi

Sinflarda o‘quvchilar sonini 24 nafar qilishga qo‘shimcha 9 trln so‘m mablag‘ ketadi - Sherzod Shermatov

Bugun, 22 may kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, muloqot davomida yoshlar tomonidan maktabda ingliz tili kabi fizika, matematika fanlarini ham bo‘lib o‘qitish iloji bor yoki yo‘qligi haqida so‘raldi. 

“Ikkiga bo‘lib o‘qitishga qarshi emasman. Lekin mana menga bitta sinfda 24 nafar o‘quvchi o‘qisin, deyishadi. Buni hisoblab chiqqanimizda, qo‘shimcha 9 trillion so‘m mablag‘ ketar ekan. Hamma narsa mablag‘ga borib taqaladi. Har bir idora budjetdan ko‘proq pul talab qiladi. Siz taklif qilgan narsaga ham kamida bir necha trillion mablag‘ talab qilinadi. Budjet cheklangan. Fizika yoki matematika ham kelajakda bo‘lib o‘qitilishi ham mumkin”, dedi xalq ta'limi vaziri.

Bundan oldin, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Qonunchilik palatasidagi hukumat soatida maktablar ta'miri uchun 37 trillion so‘mga yaqin mablag‘ zarurligi, XTV investitsiya dasturining yillik qiymati esa yiliga 2 trln so‘m atrofida ekanini bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid