Oliy ta'lim vaziri: «Talabadan forma talab qilinishiga qarshiman»
Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, muloqot davomida vazir OTMlarda forma masalasi va diniy ta'lim muassasalarida kvotalarning kamligi haqidagi savolga ham javob berdi.

«Kiyinish masalasida men liberal fikrlayman. Ya'ni talabadan forma talab qilinishiga qarshiman.
Termiz davlat universitetida rektor bo‘lib ishlaganimda ham, respublikada birinchilardan bo‘lib ikkita ishni qilgandim. Birinchisi: besh kunlik o‘qishga o‘tgandik, ikkinchisi: kiyimga bo‘lgan talabni bekor qilgandim. Faqat odob-ahloq normalaridan chiqib ketmagan holda. Bu holat talabalarning bilim olishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Talabalarning norozi bo‘lishga haqqi bor. O‘qituvchilarning ko‘pchiligi ilm talab qilish o‘rniga galstuk talab qiladi. Nega qiyshayib o‘tiribsan?, nega galstuging yo‘q?, nega bunday qilyapsan? ...v.h.k.
Ikkinchidan, iqtisodiy jihati. O‘zbekistonda hozir tekstil sohasi rivojlanib boryapti. Kiyimlar ham raqobatbardosh va arzon bo‘lib boryapti. Kiyim o‘z funksiyalarini bajarsa bo‘ldi.
Shuning uchun ham bu borada siz bilan hamfikrman», – dedi vazir OTMlarda talabalarga kiyim masalasida cheklovlar qo‘yish noto‘g‘ri ekanligi haqida gapirib.
Abduqodir Toshqulov shuningdek, diniy ta'lim muassasalariga kirish uchun kvotalarning kamligi haqidagi savolga ham javob berdi.
Unga ko‘ra, bu borada rostan ham kvotalar yetarli emas.
«Tan olish kerak, shunday holat. Bilasizmi, diniy ta'lim beradigan muassasalar OTV tasarrufida emas. Bu faoliyat Diniy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Shunday bo‘lsa-da, fikringizning bir jihatiga qo‘shilamanki, kvotaning kamligi, ustozlarning kamligi hisobiga chekkadan kelib, diniy ta'lim berish holatlari sezilyapti.
Bunda o‘ziga yarasha masalalari bor. Lekin men diniy masalada chuqur ketmoqchi emasman. Chunki din haqida gapirish uchun odam 30-40 yillik bilimga ega bo‘lishi kerak. Ilmi toliblik darajasini olish uchun ham 10 yillik ma'lumotim yetmaydi.
Aytmoqchi bo‘lganim, o‘zimizning olimlar tahsil berishi kerak. Din borasida boshqa mazhab va mazhabsizliklar targ‘ib qilinmasligi uchun», – dedi Oliy ta'lim vaziri.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi

19:18 / 22.06.2024
Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi

16:34 / 01.11.2023
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi

17:05 / 31.10.2023