Vazirlar Mahkamasi “Kapital quriliş sohasida buyurtmaçi xizmati faoliyatini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Ijtimoiy va infratuzilma obektlarida narxlarni şakllantiriş, quriliş işlarini taşkil qiliş, texnik va mualliflik nazoratini olib boriş, quriliş işlari sifatini ta'minlaş va obektlarni foydalanişga topşirişda quyidagi masalalar dolzarbligiça qolmoqda:

  • birinçidan, vazirliklar va idoralarda davlat ahamiyatiga molik quriliş loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş jarayonini sifatli taşkil etiş, muvofiqlaştiriş, monitoring hamda nazorat qilişni ta'minlovçi tizim mavjud emas;
  • ikkinçidan, buyurtmaçi xizmatining funksiyalari, vazifalari, javobgarligi, huquqlari, loyihaçi taşkilot va pudratçi taşkilotlar bilan özaro şartnomaviy munosabatlarini özida aks ettirgan yagona tartib mavjud emas;
  • uçinçidan, buyurtmaçi xizmati uçun haq tölaş mexanizmi takomillaşmagan, iş yuklamalari, moddiy javobgarlik va mehnatga haq tölaş mutanosib emas;
  • törtinçidan, sohada korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omillarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar natijadorligining pastligi malakali mutaxassis va rahbar kadrlarni tayyorlaş imkonini bermayapti;
  • beşinçidan, moddiy-texnik bazani rivojlantirişga qaratilgan işlar tizimi şakllanmaganligi va zamonaviy axborot texnologiyalari talab darajasida joriy etilmaganligi soha faoliyatini çuqur tahlil etiş, mavjud muammolarni aniqlaş hamda bartaraf etiş borasida ta'sirçan çoralarni işlab çiqişda öz salbiy ta'sirini körsatmoqda.

Qaror bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • Kapital quriliş sohasida buyurtmaçi xizmati töğrisidagi nizom;
  • Kapital quriliş sohasida buyurtmaçi xizmatining namunaviy tuzilmasi;
  • Quriliş obektlarida mualliflik va texnik nazorat olib boriş tartibi töğrisida nizom;
  • Quriliş obektlarida nazorat ölçovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom.

Buyurtmaçi xizmatlar Quriliş vazirligi tomonidan belgilangan malaka toifasi asosida texnik nazorat sohasidagi mas'ul mutaxassislarga ular mehnatiga haq tölaşning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga 2021 yil 1 avgustdan boşlab: