Ma'lum bölişiça, joriy yilning 22 may kuni soat 15:30 larda Yangiyöl tumani Islohot mahallasida joylaşgan «Quality agroexpert biznes» fermer xöjaligi yer maydonidan ötuvçi yöl yoqasidan şaxsi noma'lum erkak kişi jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida jabrlanuvçi Samarqand viloyati Narpay tumani «Yangirabot» QFY Puskaron köçasida yaşagan 23 yoşli D. U. ekani aniqlangan.
Suriştiruv işlari natijasida mazkur jinoyatni Yangiyöl tumanida yaşovçi, 24 yoşli fuqaro O. M. sodir etganlikda gumonlanib uşlangan. Uşbu jinoyatni u D.U.dan katta miqdorda qarz ekani, uşbu pulni tölamaslik maqsadida amalga oşirganini aytgan. U bir neçta jinoiy şeriklari – I.T. hamda B.K. bilan özaro til biriktirib, marhumni hodisa joyiga olib borgan va unga qattiq jism bilan şikast yetkazgan, şundan söng arqon bilan böğib öldirib, D.U.ning 29 dona turli rusumdagi telefon apparatini olib, voqea joyidan yaşiringan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.















